thumb|Andrea Doria tasviri, Sebastiano del Piombo (1520)

Andrea Doria (; 1466-yil 30-noyabr, Oneglia — 1560-yil 25-noyabr, Genoa) — Genuyalik admiral, condottiero va davlat arbobi.

Hayotining erta yillari thumb|left|Andrea Doria Neptun obrazida, Bronzino. Doria eski genuez zodagonlari — Dorialar oilasida tugʻilgan. Uning otasi Cheva Doria (), Oneglia lordi boʻlgan, onasi esa Karakoza Doria () boʻlgan. Doria erta yetim qoladi, askar sifatida avval Rim papasi Innokentiy VIIIni qoʻriqlovchi gvardiyada, soʻng Neapol qirollari Ferdinand I va Alfons II, shuningdek turli xil italyan shahzodalari qoʻl ostida xizmat qiladi.

1503—1506-yillarda Korsikada Genuya armiyasi safida urushgan. Oʻsha paytlarda Genuya Fransiya vassali edi va Doria fransuzlarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonda qatnashadi. Oʻsha vaqtdan boshlab u harbiy dengiz qoʻmondoni shuhratiga erisha boshladi.

1513-yilda Doria Genuya galeralari boshqaruvini oʻz qoʻliga oldi. Bir necha yil davomida Doria boshchiligidagi genuez floti O`rta Yer dengizini qoʻriqlab, turklar va qaroqchilar bilan jang olib bordi.

Turkum:Kishilar