thumb|200px|right|Douglass Cecil North (1997) Douglass North (1920-yil, 11-may, Kembrij, Massachusets shtati — 2015.23.11, Benzonia, Michigan shtati) — amerikalik iqtisodchi. Sietl (1960—83) va Sent-Luisdagi Vashington universiteti professor (1983-yildan). N. Yevropa va AQSH iqtisodiy rivojlanishida institutsional omillarning ahamiyatini tadqiq etgan. Institutsional tuzilmalarning iqtisodiy bi-timlar va harajatlar tavsifini belgilab berishini, alohida xoʻjalik subʼyektlarining iqtisodiy faoliyatga kirishish imkoniyatlari va afzalliklari masalalarini asoslab berdi. Tarixiy hodisalarni oʻrganishda iqtisodiy nazariya va miqdoriy usullarni qoʻllash boʻyicha tadqiqotlari muhim oʻrin tutadi. Nobel mukofoti laureati (1993; Robert Fogel bilan birga)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Asarlari „Institutions, Institutional Change and Economic Performance“ (1990)
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Iqtisodchilar Turkum:1920-yilda tugʻilganlar Turkum:2015-yilda vafot etganlar Turkum:5-noyabrda tugʻilganlar Turkum:23-noyabrda vafot etganlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari