John Nash () (1928-yil 13-iyun — 2015-yil 23-may) — amerikalik iqtisodchi. Oʻyin nazariyasi, muvozanat nazariyasi, differensial geometriya hamda qisman differensial tenglamalar sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan. 1994-yil Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotihttps://www.nytimes.com/1994/11/13/business/the-lost-years-of-a-nobel-laureate.html (John Harsanyi va Reinhard Selten bilan birga), 2015-yil esa Abel mukofoti (Louis Nirenberg bilan bir qatorda) bilan taqdirlangan.
Nash 1951—1959-yillarda Massachusets texnologiya institutida professor, 1959-yildan esa Prinston universitetida matematika fakulteti professori oʻlaroq ishladi. Nash umumiy oʻyin nazariyasiga nokooperativ oʻyinlar konsepsiyasini kiritdi. Bu konsepsiya raqobat, oligopoliya, sanoatni tashkil etish nazariyasi, shuningdek, iqtisodiy siyosatni tahlil qilishning makroiqtisodiy nazariyasida keng qoʻllanadi.
1959-yil Nashda ruhiy kasallik alomatlari paydo boʻla boshladi va bir necha yil shizofreniyadan davolanadi. 1970-yildan keyin uning ahvoli asta-sekin yaxshilana boshladi va olim 1980-yillar oʻrtasida akademik hayotga qaytdi. Nashning ruhiy kasallik bilan kurashi haqida oʻzbek yozuvchisi Sylvia Nazar „A Beautiful Mind“ („Goʻzal idrok“) romanini yozdi. Roman asosida 2001-yil shu nomli badiiy film („Tafakkur oʻyinlari“) suratga olindi. Nash 2015-yil turmush oʻrtogʻi Alicia Nash bilan 86 yoshida avtomobil halokatida vafot etdiCabbie In Crash That Killed John Nash Began Driving Taxi Two Weeks Ago‘Beautiful Mind’ professor’s fatal wreck ‘unbelievableʼ: son.
Manbalar
Havolalar Home Page of John F. Nash Jr. at Princeton IDEAS/RePEc „Nash Equilibrium“ 2002 Slate article by Robert Wright, about Nash’s work and world government NSA releases Nash Encryption Machine plans to National Cryptologic Museum for public viewing, 2012 Nash, John (1928-2015) | Rare Books and Special Collections from Princetonʼs Mudd Library, including a copy of his dissertation (PDF) Biography of John Forbes Nash Jr. from the Institute for Operations Research and the Management Sciences
Turkum:Iqtisodchilar Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:Amerikalik ateistlar Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari