thumb|Olusegun Obasanjo (2001)
OBASANJO (Obasanjo) Olusegun (1937.5.3, Abeokuta shahri) — Nigeriya davlat arbobi. General.
Biografiya Abeokutadagi baptistlar maktabini tugatgan. Angliya va Hindistondagi harbiy oʻquv yurtlarida oʻqigan. Nigeriya armiyasida turli lavozimlarda ishlagan. 1975—76 yillarda Nigeriya qurolli kuchlari bosh shtabi boshligʻi. 1976—79 yillarda Nigeriya Federativ Respublikasi va federal harbiy hukumat boshligʻi, Oliy harbiy kengash raisi, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni. 1979-yil 1 oktabrda hokimiyatni fuqaro maʼmuriyatiga topshirgan va oʻz fermasida qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullangan. Ayni paytda siyosiy faoliyatini ham davom ettirgan: turli xalqaro tashkilotlar ishida faol qatnashgan. Nigeriya hukumati faoliyatini tanqid qilganligi va unga oppozitsiyada boʻlganligi uchun 1995—98 yillarda qamoqda boʻlgan. 1999-yilgi prezident saylovida gʻalaba qozongan va shu yildan Nigeriya Federativ Respublikasi prezidenti.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2021-yil avgust oyida Afrika Ittifoqi Olusegun Obasanjoni Afrikaning Tinchlik uchun oliy vakili etib tayinladi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar