Olabuta eshakshoʻra () — shoʻradoshlarga mansub bir yillik oʻtsimon yoki yarim buta oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda O.ning maydagul O. (), tatar O.si (), yelpigʻichsimon O. () turlari uchraydi. Poyasi tik, shoxlanib oʻsadi, boʻyi 1 m yoki undan ortiq. Barglari bandli, unsimon, kumushrang gʻubor bilan qoplangan, pastdagilari doirasimon shaklda, yuqoridagilari esa uzunchoq — nashtarsimon. Toʻpguli boshoqsimon. Mevasi — tekis yumaloq xaltacha. Urugʻi yasmiqsimon, qora, yaltiroq, kattaligi 1 — 1,5 mm. Iyuldan sentabrgacha gullaydi va meva tugadi. Bir oʻsimlik 100 mingga yaqin urugʻ beradi, toʻkilgan urugʻlari bahorda yana unib chiqadi. Begona oʻt sifatida yoʻl yoqasida, ekin-zorlar orasida va tashlandiq yerlarda oʻsadi. thumb|Atriplex tularensis
Kurash choralari: almashlab ekish, kultivatsiya; urugʻlarni saralab ekish, gerbitsidlardan ekish vaqtida kotoraya, prometrin yoki kotofor qoʻllanadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar Turkum:Bog‘ o‘simliklari Turkum:Kseromorfizm