Purpura (lotincha purpura — toʻq qizil rang), trombotsitope nik purpura, gemmoragik purpura — gemmorragik diatez guruhiga mansub kasallik. Odam va hayvonlarda koʻp uch-raydi. Qonda trombotsitlarning kamayishi va qon ivishining buzilishidan kelib chiqadi. P.da, asosan, teriga qon quyilib, shilliq pardalar qonaydi. Simptomatik (septik endokardit, splenomegaliya, leykoz) va doridan (analgetiklar, sulfanilamidlar) boʻladigan P. ajratiladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar