Romul (Romulus) — Rim rivoyatiga koʻra, Rim shahri asoschisi va Rim qirolligining ilk podshosi (mil. av. 754/753 — 717/716)Livy, History of Rome i. 3.Dionysius of Halicarnassus, Roman Antiquities i. 76.. Afsonaga binoan, kohin ayol Reya Silviya va urush xudosi Marsdan tug‘ilgan Romul va uning egizak ukasi Remni ona boʻri emizib, choʻpon tarbiya qilgan. Rim senatini taʼsis etish va aholini tabaqalarga — kuriyalarga boʻlish, qoʻshin tashkil etish, Rim fuqarolarini patritsiylarta va plebeylarta ajratish Romul tomonidan ishlab chiqilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar