Franklin Delano Roosevelt (; 1882-yil 30-yanvar, Xayd Park, Nyu York — 1945-yil 12-aprel, Uorl Springs, Jorjiya) — AQSHning 32-prezidenti (1933-1945). Demokratlar partiyasidan (4 marta prezidentlikka saylangan).

Hayoti Franklin Delano Roosevelt 1882-yil 30-yanvarda tugʻilgan. Garvard va Kolumbiya universitetlarini tugatgan. Nyu York shtati gubernatori (1928-yildan), huquqshunos. Ruzvelt ijtimoiy sohada mehnatkash omma manfaatini koʻzlab bir necha islohotlar oʻtkazgan ("Yangi kurs"). Ikkinchi jahon urushi boshlangach, fashistlar Germaniyasiga qarshi boʻlgan Buyuk Britaniya, Fransiya va SSSRni qoʻllab-quvvatlash (1941 y. iyundan) tarafdori, gitlerchilarga qarshi koalitsiyani tuzishda muhim hissa qoʻshgan. BMTni tuzishga va urushdan keyingi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1882-yilda tugʻilganlar Turkum:30-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1945-yilda vafot etganlar Turkum:12-aprelda vafot etganlar Turkum:Prezidentlar Turkum:AQSh prezidentlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar