Dmitriy Borisovich Ryabichev (1926.1.9, Malin, Ukraina — 1995.25.4) — haykaltarosh, Oʻzbekiston (1976) va Rossiya Federatsiyasi (1978) xalq rassomi. Leningrad muhandislik qurilishi instituti (1949) va Moskva badiiy sanoat bilim yurti (1954) ni tugatgan. Asosan haykaltaroshlikning monumental yodgorlik sohasida ijod qiladi, asarlarida kompozitsion yaxlitlik, shakl ifodaliligi va ulugʻvorlikka erishgan: "Vladimir shahrining 850 yilligi" (bronza, 1959, Vladimir shahrida), "Oybek" (granit, 1971, Toshkent), "Jasorat" (bronza, granit, 1976, Toshkent), "Xalqlar Doʻstligi" (bronza, granit, 1982, Toshkent) va boshqa monument va yodgorlik haykallarning muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1964)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomlari Turkum:Kishilar Turkum:1926-yilda tugʻilganlar Turkum:1995-yilda vafot etganlar Turkum:1-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:25-martda vafot etganlar Turkum:Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari