Xayrulla Habibovich Saʼdiyev (1940-yil 6-dekabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori.

Hayoti Xayrulla Saʼdiyev 1940-yil 6-dekabrda Toshkentda tavallud topgan. Oʻzbekiston rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1963–1986-yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida, 1986-yildan Satira teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan.

Xayrulla Saʼdiyev, asosan, komik aktyor boʻlib, dramatik, harakterli rollarni ham meʼyoriga yetkazib ijro etishi, oʻtkir satirik va lirik portretlar ustasi sifatida ajralib turadi. Maneko ("Polizdagi voqea") uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Keyinchalik Xlestakov ("Revizor"), Dartanʼyan ("Uch mushketyor"), Konfetvoy ("Suqatoy Konfetvoy"), Ali ("Ali va Vali"), Mushuk ("Etik kiygan mushuk"), Mishka Dadone ("Toshkent — non shahri"), Shum bola ("Shum bola"), Afandi ("Afandining yoshligi"), Yusuf ("Tobutdan tovush") kabi rollarni ijro etib shuxrat qozondi. Kino ("Akmalning sarguzashtlari"da ertakchi chol; "Shiddat"da Mamat; "Xorazm afsonasi"da masharaboz; "Toʻylar muborak"da kuyovning doʻsti; "Arslonning sarguzashtlari"da Qoʻrqinch; "Xumcha"da choyxonachi; "Margʻiyona"da masharaboz; "Alpomish"da Toychaxon; "Meshpolvon"da Rayhon qiziq va boshqalar), televizion spektakl va filmlarda (Shum bola, "Shum bola"; Anvar, "Izlayman"; Sobir, "Uchrashuv", Jalil, "Shaytanat" kabi) ham suratga tushgan. Maxsus teatrlashgan dasturlarda Afandi, asabiy odam, lektor kabi obrazlar yaratgan. Xayrulla Saʼdiyev, shuningdek, televizion miniatyuralar teatrining doimiy qatnashchisiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Filmografiya +YilNomiObrazIzoh2016Xazonrezgi2014Gumrohlar2012XazinaQovun2011Hayot jilgʻalariToshkenboy akaQoʻrgʻoshinAbdurahmonUchar otlarIbn Al Jabbor201024 soatDoktor2009Arosat2008Jannat qaydadir?Iblis devori2007OʻtovMahalla noziriShimaYapon kapitaniYoʻqolgan odam2006Osmon yaqinSuiqasd2004БлизнецыMuxtor2000AlpomishToychaxon1998 2003ShaytanatJalil1996MargʻiyonaMasxaraboz1990XumchaChoyxonachi1988Arslonning sarguzashtlariQoʻrqinch1984Новые приключения Акмаляволшебный садовник1981Akmalning sarguzashtlariErtakchi chol1978Toʻylar muborakKuyovning doʻsti1978Xorazm afsonasiMasxaraboz1976Koʻrinmaslar1975Как Хашим был большимHoshim1973ChinorAnvar, Said1970SemurgʻNavoiy1972Возраст тревогqahvaxonadagi yigit1971ShiddatMamat1969Возвращайся с солнцемJingalak

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari