thumb|right|Simenon 1963-yilda

Georges Joseph Christian Simenon (; 1903-yil 12/13-fevral, Lyej, Belgiya – 1989-yil 4-sentyabr, Lozanna, Shveysariya) – fransuz yozuvchisi. Belgiya qirollik akademiyasi aʼzosi (1952-yildan). 1921-yilda „Georges Sim“ () taxallusi bilan „“ („Arkali koʻprik“) dastlabki romanini eʼlon qilgan. 1931-yilda „Piterlatish“ romani bosilgan. Politsiya komissari Maigretning sarguzashtlari haqidagi „“ („Maigretning yozishmalari“) (1950), „“ („Maigret sayohat qiladi“) (1958), „“ („Maigret va daydi“) (1963), „“ („Maigret ikkilanmoqda“) (1968), „“ („Maigret va janob Charles“) (1972) turkum romanlari chop etila boshlagan. Mazkur romanlar detektiv syujeti bilangina emas, balki, birinchi navbatda, inson xarakterining badiiy tadqiqi, jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabablarni ochishi bilan ahamiyatlidir. Simenon bu romanlari bilan jahon detektiv-sarguzasht adabiyotining mashhur vakillari qatoridan oʻrin olgan. Simenon komissar Maigret haqidagi romanlaridan tashqari, „“ („Bir qashshoq hayotining toʻrt kuni“) (1949), „“ („Prezident“) (1958), „“ („Qamoqxona“) (1968) singari ijtimoiy-psixologik, mustamlakachilik siyosati va fashizm mafkurasini qoralovchi „“ („Oy zarbasi“) (1933), „“ („Habashlar mahallasi“) (1935), „“ („Qor ustida gʻubor“) (1948), „“ („Aka-uka Ricolar“) (1952) romanlarini yozgan. Simenon, shuningdek, avtobiografik „“ („Xotirlayman“) (1945), „“ („Ibtido“) (1948), „“ („Onamga xat“) (1974) va boshqa kitoblar muallifi. Simenon asarlari jahondagi koʻplab tillarga tarjima qilingan.

Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Pervoye delo Maigret [romani, povesti, rasskazi], Moskva, 1968-yil.

Turkum:1903-yilda tugʻilganlar Turkum:1989-yilda vafot etganlar Turkum:Fransiyalik yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar