Tagallar (oʻzlarini — tagalog deb atashadi — Filippindagi xalq, Luson markaziy va jan. qismining asosiy aholisi. 15,4 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Tagal tilida soʻzlashadi, boy adabiyotga ega. Dindorlari — katoliklar. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, baliq ovlash. Tagallar asosan, dengiz sohili, daryo vodiylari, koʻl atroflarida yashaydilar („T.“ aynan — suv boʻyida yashovchilar, nomi shundan).
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Tagallar · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.