Tamillar — Hindiston (asosan, Tamilnad shtati) dagi xalq. 61 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari); Shri Lankaning shimolida taxminan 2,8 mln. kishi; shuningdek, Singapur, Myanma, Malayziya, Avstraliya va boshqa yerlarda yashaydi. Umumiy soni 64,1 mln. kishi. Tamil tilida soʻzlashadi. Dindorlari — hinduizmga eʼtiqod qiladi, sunniy musulmonlar va xristianlar ham bor. T.ning etnogenezi dravid xalklari bilan bogʻliq. Mil. III asrdan Hindiston tarixida Chola, Chera, Pandya kabi tamil davlatlari maʼlum. 11 — XII asrlarda tamil davlatlari oʻzaro birlashganlar. 1337-yilda Vijayanagar imperiyasi vujudga kelib, XVI asrda Janubiy Hindistonning barcha hududini qamrab olgan. XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida Tamillar yerlari ingliz mustamlakachilari tasarrufiga oʻtgan. Tamillar dehqonchilik, chorvachilik, baliq ovlash va hunarmandchilik bilan shugʻullanadilar.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Tamillar · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.