Tartu — Estoniyadagi shahar. Emayiga daryosining har ikkala sohilida, Tallindan 187 km jan.sharqda. Dare porti. Transport yoʻli va shosse yoʻllar tuguni. Aholisi 100,1 ming kishi (2000). T. V asr dan maʼlum, 1030-yil manbalarida Yaroslav Mudriy qayta qurgan Yuryev qalʼasi sifatida tilga olinadi. 1224—1893-yillarda Derpt, 1893-yildan yana Yuryev, 1919-yildan T. deb atalgan. 1941-yil 24 iyuldan 1944-yil 25 avgustgacha T.ni nemis fashistlari egallab turgan. Urushdan keyingi yillarda shahar qayta qurildi. Sanoat ahamiyati jihatidan va madaniy markaz sifatida T. Estoniyaning Tallindan soʻng 2-shahri. Asosiy sanoat korxonalari: priborsozlik zdi, "Voʻyt" qishloq xoʻjaligi, mashinalari zdi, temirbeton buyumlar zdi, sut va goʻsht ktlari, shuningdek, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, polifafiya sanoati korxonalari. T.da Tartu universiteti va Estoniya qishloq xoʻjaligi akademiyasi, 5 muzey, musiqali drama teatri bor. T.ning meʼmoriy qiyofasi XIX—XX asrlarda vujudga kelgan. Koʻpchilik binolari klassik uslubda qurilgan (jumladan, Ratusha, 1789-yil). Gotika uslubida qurilgan ikki inshoot — Yaan cherkovi hamda PyotrPavel sobori saqlanib qolgan (ikkalasi ham XIII—XIV asrlar).
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Tartu · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.