Tasodifiy hodisa (ehtimollar nazariyasida) — maʼlum shartlar bajarilganda roʻy berishi ham, bermasligi ham mumkin boʻlgan yoki berishi aniq ehtimollikka ega boʻlgan hodisa. Agar koʻp tajribalar oʻtkazilganda Tasodifiy hodisaning roʻy berish chastotasi biror r soniga yaqinlashsa, mana shu son Tasodifiy hodisaning ehtimolidan iborat boʻladi. Masalan, yangi tug‘ilgan bolaning oʻgʻil boʻlish ehtimoli koʻproq (0,515) ligi koʻplab kuzatishlar asosida hisoblangan.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Tasodifiy hodisa · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.