Shoh Tahmosb yoki Tahmosp I (1513.3.3, Isfahon sh. yaqinidagi Shohobod qishlogʻi — 1576.14.5, Qazvin) — safaviylar sulolasidan boʻlgan Eron shohi (1524— 76). Ismoil I Safaviyning oʻgʻli. 10 yoshligida taxtga chiqqan, hokimiyat amalda qizilboshlilar qabila sardorlari qoʻlida boʻlgan. Keyinchalik ulgʻaygach, ular bilan kurashib markaziy hokimiyatni mustahkamlagan. Safaviylar davlatiga Shirvon (1538), Shaki (1551)ni qoʻshib olgan. 1544-yil Humoyunga Hindiston taxtini qaytib olishida yordam bergan, buning evaziga Qandahorni olgan. Turkiya bilan uzoq muddat urush olib borgan (1534—55). Ayni vaqtda Xurosonda oʻzbek xonlari bilan deyarli tinimsiz urush qilgan. 1565-yil tam/a soligʻini bekor qilgan.

Manbalar

Havolalar

A king's book of kings: the Shah-nameh of Shah Tahmasb, an exhibition catalogue from The Metropolitan Museum of Art (fully available online as PDF)

Turkum:Isfahon kishilari Turkum:Safaviylar davlati Turkum:Imom Rizo maqbarasiga dafn etilganlar