f5
Teri sili - umumiy organizmdagi sil infeksiyasining bir koʻrinishi boʻlib, odatda bor ichki a’zolarni tuberkulyoz jarohatidan, aksariyat
ichki superinfeksiyalanish natijasida teriga tarqalib paydo boʻladi. Teri sili bugungi kunda juda kam uchraydi. Lekin keyingi yillar koʻp
davlatlarda ijtimoiy kasalliklarning epidemik holati oshib ketishi va ular ichida sil kasalligining ham koʻpayib ketishiga olib keladi.
Etiologiyasi Mycobacterium tuberculosis (Koch ,1882-y.) spirt va kislota ta ’siriga juda chidamli tayoqcha boʻlib, bemorning ajralmasida koʻp miqdorda topiladi. Lekin sil kam yuqumli, surunkali, sekin rivojlanib kechadigan kasalliklar guruhiga kiradi.
Teri silining klinik koʻrinishlari xilma-xil boʻlib, koʻproq mikrobakteriyaning virulentligi va uning turi, organizmning immuniteti va kurash
qobiliyati, bemorning mehnat va turmush sharoitlari, ovqatlanish sifati bilan bog‘liq boʻladi. Teri silini ikki guruhga ajratadilar:
1) chegaralangan (sil yugirigi, ya’ni oddiy volchanka, skrofuloderma, soʻgalsimon, yarali, sil shankr) teri sili;
2) tarqalgan (papulo-nekrotik, Bazen indurativ eritemasi, lixensimon, milliar tarqalgan volchanka, oʻtkir tarqalgan milliar) teri sili.
Amaliyotda, umumiy amaliyot shifokori bemordagi belgilarga (doʻmboqcha) asoslanib, sil kasalligini aniqlab yoki borligidan shubhalanib, mutaxassisga yuborsa, u katta yordam bergan boʻlardi. Chunki teri silining turlarini bir-biridan ajratish va davolash koʻproq ftiziatr yoki dermatovenerolog mutaxassislarning vazifasidir.
Turlari thumb|Teri sili (papulonekrotik) Teri sili kasalligi 2 xil ko‘rinishda, ya’ni terining oʻchoqli sil (sil yugurigi yoki lyupoid sil, skrofuloderma yoki kollikvativ sil, terining so‘galli sili, Bazenning indurativ eritemasi va teri va shilliq qavatlarining yarali sili) va terining disseminallangan sili (terming lixenoid yoki miliar sili va terining papulonekrotik sili) ko‘rinishlarida kechadi. Terming o‘choqli sili thumb|Sil yugurigi Sil yugurigi yoki terining lyupoid sili (Lupus vulgaris, seu tuberculosis cutis luposa) teri silining eng ko‘p uchraydigan shakli boʻlib, sekin surunkali kechishi va toʻqimalarning parchalanishga moyilligi bilan namoyon boʻladi. Kasallik belgilari koʻpincha yuz teri sohalarida, asosan burunda (80 % holatlarda), yonoqlarda, yuqori lablarda, kamroq boʻyin sohalarida, tanada, oyoq-qoʻllarda, kam holatlarda shilliq qavatlarda joylashadi. Kasallik xamirsimon konsistensiyali, yumshoq, silliq, yuzasi biroz yaltiroq, keyinchalik poʻst tashlovchi, sariq-yashil tush, jigarrang-qizil rangli, oʻlchamlari toʻnogʻich boshchasidan noʻxat donasigacha keladigan hajmlarda, dermada joylashgan lyupoid-boʻrtiqlar paydo boʻlishi bilan boshlanadi. Toshmalar guruh-guruh boʻlib toshadi, keyinchalik esa ular oʻzaro birlashadi, atrofida esa turgʻun-giperemik hududlar paydo boʻladi. Vitropressiya usuli bilan (buyum oynachasi bilan bosib koʻrilganda) tekshirilganda doʻmboqcha rangi sargʻayadi (“olma sarigʻi” fenomeni), doʻmboqcha tugmasimon zond bilan tekshirib koʻrilganda zond oʻz ogʻirligi bilan doʻmboqcha tarkibiga chuqurlik qoldirib choʻkadi (Pospelov simptomi). Doʻmboqchalar bosqichma-bosqich kattalasha boradi va notoʻgʻri shaklli toshmalami hosil qilib birikadi, kollagen va elastik tolalaming buzilishi natijasida chandiqli atrofiyalar hosil bo‘lishi hamda fibrozlanish holati kuzatiladi. Hosil boʻlgan chandiqlar tekis, oqish, papiros qogʻozini eslatadigan ko‘rinishda bo‘ladi. Jarayonning ekssudativ ko‘rinishlarda kechishida turli shikastlanishlar ta’sirida doʻmboqchalar yumshoq, chetlari notekis va yengil qon oquvchi yaralarga aylanishi mumkin (yarali shakli). Shuningdek, kasallikning shishsimon, verrukoz, loyqalanuvchi kabi shakllari ham kuzatilishi mumkin. Teri silining chegaralangan klinik shaklini taqqoslov tashxisi doʻmboqchali zaxm, moxovning tuberkuloid shakli, teri leyshmaniozi, aktinomikoz, qizil yugunkmng diskoid shakllari bilan o tkaziladi.
Doʻmboqchali zaxmda do‘mboqchali toshmalar zichligi, ular joylashuvming jamlanganligi (fokusliligi), qo‘shilib ketishga moyilhginmg yo‘qligi, diaskopiya va zond usullari bilan tekshiruvlar o‘tkazilganda tekshiruv natijalarining manfiyligi, jarayonning nisbatan tez kechishi aniqlanadi. Moxovning tuberkuloid shaklida terining jarohatlangan sohasida og‘riq va haroratm sezish alomatlarining yo’qligi, toshmalarning polimorfligi, tugunlar va do‘mboqchalaming zich boʻlgan konsistensiyasi, qo‘ng‘ir-zangsimon tus olishi, mikroskop ostida ko‘rilganda esa Ganzen tayoqchalarining topilishi bilan ta’riflanadi. Teri leyshmaniozining tuberkuloid shaklida tashxis asosan kasallikning so‘rov natijalari aniq yigilishi, do‘mboqchali toshmalami chandiqlar atrofida va terining ochiq qismlarida joylashishi, leyshmamoma atrofida limfangitlarning hosil boiishi hamda kasallik qo‘zg‘atuvchisining aniqlanishi katta ahamiyat kasb etadi.
Kasallikni davolashda bir vaqtning o‘zida D2 vitamin 30000- 50.000 - 100.000 ТВ dan va ftivazidm (yoki tubazidni) 0,3-0,5 g dan
kuniga 3 marotaba ichishga tavsiya etiladi. Davo kursi uchun dori vositasi 100-200 g qilib belgilanadi. Shuningdek, streptomitsin antibiotigi ham inyeksiya tariqasida kuniga 0,5-1,0 g dan belgilanadi, jami davo kursi uchun dori vositasi 100 g. ni tashkil etadi. Tuberkulostatik ta’sir etish xususiyatiga ega dori vositalaridan terapevtik samara ko‘rsatishi bo‘yicha ular quyidagicha guruhlarga boiinadi: 1- ancha samarali: izoniazid, rifampitsin; 2 - o‘rta samarali: etambutol, streptomitsin, protionamid (etionamid), pirazinamid, kanamitsin, floramitsin (biomitsin) va 3 - mo‘tadil faol ta’sir koisatuvchi PASK, tibon (tioatsetazon) kabi dori vositalariga boiinadi. Mahalliy davolash usulining ta’sir etish xususiyati sil kasalligining teridagi o‘choqlari to‘qimasini buzishga asoslangan bo‘lib, buning uchun 10-20-50% li pirogall surtmasi, 30% li rezortsin qorishmasi va suyultirilgan azot moddalari qoilaniladi. Shilliq qavat
lyupomalarini sut kislotasining 50% li eritmasi bilan kuydirib davolash mumkin. Chegaralangan jarohatlar ba’zan rentgen nurlari bilan ham davolanadi, hatto bunday oʻchoqlar operativ yo‘l bilan olib tashlanadi. Bemorlar uzoq vaqt davomida dispanser kuzatuvi ostida boiishi lozim.
Skrofuloderma yoki kollekvativ sili (Scrofuloderma, seu tuberculosiscutis colliquativa) bolalar va oʻsmirlarda kasallikning roʻyxatga olingan xillari orasida uchrash chastotasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Sil bakteriyalarining gematogen yo‘l bilan teriga kirishi oqibatida birlamchi skrofuloderma shakllanadi va shikastlangan a’zolardan infeksiyalarning o‘tishi aniqlangan holda lkkilamchi skrofuloderma farqlanadi. Toshmalar terining chuqur qavatlarida zich ko‘rinishda joylashadi, kam og‘riydi, tugunlar hajmi tez kattalashuvga moyil boiib, ulaming diametri 3-5 sm gacha yetadi va ustida yotuvchi to‘qimalar bilan zich ko‘rinishda birikkan holda namoyon boʻladi. Keyinchalik tugunlar sovuq abssesslar hosil qilib yumshaydi va yoriladi, bunday yaralardan oqma yo‘li orqali qonsimon ajralma bilan birgalikda nekrozlangan to‘qimalar chiqadi. Tugunlar joylashgan joylarda yumshoq, chuqur, chetlari va tubida zaif granulyatsiyalar va sarg‘ish qatlamlar hosil bo‘ladi. Yaralar bitib ketgandan keyin esa kasallikka xos boʻlgan “yirtilgan” noto‘g‘ri shaklli chandiqlar,
so‘rg‘ichsimon shakldagi o‘simta va ulanmalari qoladi. Kasallik jarohatlari asosan bo‘yinning yon yuzalarida, jag‘osti va usti sohalanda, qo‘ltiq osti botiqlanda, quloq chig‘anog‘i yaqinida, o‘mrov osti va usti sohalarida hamda bo‘g‘in sohalari yaqinida joylashadi. Kasallik tashxisi to‘g‘ri yigʻilgan so‘rov ma’lumotlariga, klinik simptomatikaga, Pirke sinamasi natijalariga, rentgenologik va gistologik tekshiruvlarga asoslangan holda qo‘yiladi. Taqqoslov tashxisi zaxm kasalligining gummoz shakli, aktinomikozning gummoz
shakh, Bazen eritemasi va surunkali yarali piodermiyalar bilan o‘tkaziladi.
Terming so‘galsimon sili (Tuberculosis verrucosa cutis) asosan kattalarda, xususan erkaklarda ko‘proq kuzatiladi. Kasallikning ushbu turi bilan asosan sil kasalligining faol shakllari bilan xastalangan bemorlarga xizmat qiluvchi shaxslar yoki sil materiali bilan ishlovchi xodimlar kasallanadilar Jarohatlanish odatda panja va barmoqlar orqa yuzalarida, kamroq hollarda esa oyoq tagi sohalarida joylashadi. Kasallik belgilan zich, no‘xot kattaligidagi ko‘k-qizil rangli boʻrtmalaming (jasad bo‘rtmasi) hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. U o‘sib yassi zich toshmalarga aylanadi, ulaming yuzasida so‘galsimon oʻsimtalar va ko‘plab shoxsimon qavatlar paydo boʻladi. So‘galsimon teri silining 3 ta hududi tafovut etiladi. Periferik (binafsha-qizil rangli hududi), o‘rta (soʻgalsimon zich tepaliklar, yorilishlar, po‘stloqlar mavjud boʻlgan hududi) va markaziy (terining atrofik, notekis, past-baland tubli hududi kabilarga bo‘linadi. So‘galsimon o‘simtalar yon tarafidan bosib korilganda ulaming yoriqlarida yiringli tomchilar paydo boʻladi Jaryon tuzalgandan keyin jarohat o‘choqlari o‘mida chandiqli atrofiyalar qoladi, bu sohalarda qizil yugurikdan farqli o‘laroq, yangi elementlar hosil boimaydi. Kasalliknmg tashxisi kasallikka xos bo‘lgan klimk ko‘rinishlarga (o‘choq periferiyasi bo‘yicha binafsha-qizil hoshiya, 3 ta zonaning borligi), joylashish holatiga, gistologik tekshiruvlar natijalanga va tuberkulin sinamasining musbatligiga asoslanadi.
Terining soʻgalsimon silining davosi umuman teri silini davolashda qoʻllanadigan an’anaviy davo usullari kabi olib boriladi. Bundan tashqari mahalliy davoda kasallik o‘choqlari o‘tkir qoshiqcha bilan qirib tashlanadi, diatermokoagulyatsiya va rentgenoradioterapiyalar o‘tkaziladi. Bazenning indurativ eritemasi (Erythema mduratum Bazin) bilan 16-40 yoshlar oralig'da boʻlgan, sil kasalligining biror bir shakli bilan og‘rigan ayollar xastalanadi. Kasalhkning kechishiga oyoqlarda qon aylanish jarayonining buzilishi (akrotsianoz, venalarning varikoz kengayishi) natijasida vujudga keladigan tez-tez sovuq qotish holatlari sababchi boʻladi. Kuz va qish mavsumlanda asosan kasallik xuruj qilishi kuzatiladi.
Indurativ eritema kasalligida kasallik o‘choqlari zich, chuqur joylashgan boʻlib, sekin kattalashuvchi tugunlar yoki yassi, keng boʻlgan ko‘kish-qizil infiltratlar tarzida namoyon boʻladi. Tugunlar soni 2-4 tadan 10 tagacha bo'lib, ular teri sohalarida chuqur holda joylashadi, barmoqlar yordamida paypaslab koʻtarilganda esa og‘riqlar kuzatiladi. O‘choqlar asosan boldir sohalarida, kam holatlarda esa son, dumba, chot sohalarida simmetrik koʻrinishda joylashadi. Ba’zan kasallikda ogʻiz shilliq qavatlari va dimogʻning jarohatlanishi kuzatiladi. Kasallik kechishi o‘z rivojiga erishgandan so‘ng esa o‘choqlardagi tugunli toshmalar regressiyaga uchray boshlaydi, ular atrofida halqasimon atrofiya va pigmentatsiyalanishlar qoladi. Ba’zan esa tugunlar yumshab yaralarga aylanadi (getchinson turi), bunday yaralar og‘riqli, sust kechuvchan, yuzaki bo‘lib, tublari sariq-yashil qobiqiar bilan qoplangan boʻladi.
Davo jarayoni sil kasalligini umumiy davolash kabi olib boriladi. Bundan tashqari bemorlarga vitaminlarga, oqsil va yog‘ moddalariga boy ovqat mahsulotlari tavsiya etiladi, ularni ultrabinafsha nurlari bilan davolash, gelioterapiya seanslari belgilanadi. Mahalliy yaralarga rux jelatinli boylamlar qoilaniladi.