Tonallik (; ) — musiqa nazariyasida quyidagicha maʼnolarda qoʻllanadi:

Ladning baland-pastlik holati (masalan, „Re major“ — major ladining „re“ notasidan, „mi minor“ — minor ladining „mi“ notasidan boshlanishini belgilaydi; Muayyan balandpastlikdagi lad tizimi (lad—tonallik); Tor maʼnoda — garmonik tonallik, yaʼni major-minor lad tizimini belgilovchi, konsonans akkord asosida qurilgan funksional tizim. XVI-XIX asrlar kompozitorlik ijodida rivoj topib, XX asrda tonallik xususiyatlari murakkablasha borgan, muayyan tonallikni inkor etuvchi politonal, atonal, musiqa, dodekafoniya kabi ijodiy yoʻnalishlar yuzaga kelgan.

Musiqa asarining tonal asosi asosiy tonallik deb ataladi. Odatda musiqa asari asosiy tonallikdan boshlanadi va tugaydi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Garmoniya Turkum:Tonalliklar Turkum:Musiqa nazariyasi Turkum:Musiqiy atamalar