Uilkinson Jefri (14-iyul 1921, Todmordon – 26-sentyabr 1996, London) — ingliz organik kimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1965-yildan). Atom energiyasi boʻyicha birlashgan Angliya—AQSH—Kanada loyihasida (1943—46), Kaliforniya universitetida (1946—50), Massachusets texnologiya institutida (1950—51), Garvard universitetida (1951—55) ishlagan, London universiteti professpr (1956-yildan). Ilmiy ishlari metallorganik birikmalar kimyosiga oid. Yengil sharoitlarda olefinlar va atsetilen uglevodorodlarni gidrogenlashda qoʻllanadigan universal gomogen katalizator — [(C6H5)3P]3RhCl (Uilkinson katalizatori) kashf etgan (1958). Geksametilvolfram va boshqa metallarning barqaror alkil hosilalarini sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1973, Ernst Fischer bilan hamkorlikda)Nobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:1996-yilda vafot etganlar Turkum:14-iyulda tugʻilganlar Turkum:26-sentyabrda vafot etganlar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari