Miletlik Fales (qadimgi yunoncha: Θαλῆς ὁ Μιλήσιος; miloddan avvalgi taxminan 625 — taxminan 547) — yunon faylasufi, antik falsafa va fanning ilk namoyandasi. Milet maktabiga asos solgan. Fales savdogar, siyosiy arbob, munajjim, fiziolog, suv muhandisi sifatida ham taniqli edi. U ko‘pgina mamlakatlar (jumladan, Misr va Bobil)da bo‘lib, ularning madaniyati, fani, falsafiy merosi bilan yaqindan tanishgan. Turli sohalarda, xususan, astronomiyada kashfiyotlar qildi (mas, Yunonistonda birinchi bo‘lib, miloddan avvalgi 585-yil 28-mayda quyoshning tutilishini oldindan aytib bergan). Falesning fikricha, oyning yorug‘i quyosh nurining undagi inʼikosidir. U, shuningdek, quyoshning bir yil davomida harakati 365 kunga teng ekanligini isbotlagan. Fales taʼlimotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman narsa va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo‘lgan va pirovardida suvga aylanadi. U birinchi bo‘lib, olamning moddiy birligi haqida, bu moddiy birlikning doimiy harakatda va o‘zgarishda ekanligini aytgan.

Fales asarlari saqlanmagan. U haqidagi maʼlumotni Aristotel asarlaridan topish mumkin. Jumladan, Fales „Quyoshning harakati haqida“ „Teng kunlik haqida“ kitoblarini yozganligi maʼlum.

Turkum:Qadimgi Yunoniston asronomiklari Turkum:Qadimgi Yunoniston matematiklari Turkum:Qadimgi Yunoniston metafiziklari Turkum:Qadimgi Yunoniston fiziklari Turkum:Qadimgi Miletliklar Turkum:Epistemologlar Turkum:Falsafiy anʼanalarning asoschilari Turkum:Fikrlar tarixi Turkum:Falsafa tarixi Turkum:Fan tarixi Turkum:Metafaylasuflar Turkum:Metafiziklar Turkum:Metafizika yozuvchilari Turkum:Ontologlar Turkum:Qadimgi Ioniya faylasuflari Turkum:Taʼlim faylasuflari Turkum:Matematika faylasuflari Turkum:Fan faylasuflari Turkum:Suqrotgacha boʻlgan faylasuflar Turkum:Yunonistonning yetti donosi