Daniel Gabriel Fahrenheit () (1686—1736) — nemis fizigi. Buyuk Britaniya va Niderlandiyada ishlagan. Spirtli (1709) va simobli (1714) termometrlar yasagan. Oʻz nomi bilan ataladigan temperatura shkalasini taklif qilgan. Unda umum qabul qilingan tayanch nuqtalari normal atmosfera bosimida muzning erish nuqtasi bilan suvning qaynash nuqtasi orasida temperatura intervali 180 boʻlakka — Fahrenheit gradusi (°F) ga boʻlingan. Muzning erish nuqtasi Fahrenheit shkalasida 32 °F, suvning qaynash nuqtasi 212 °F deb olingan (yana qarang Gradus). Manbalar

Turkum:Nemis fiziklari Turkum:1686-yilda tugʻilganlar Turkum:1736-yilda vafot etganlar