thumb|right|200px|Richard Fillips Feynman (1959) Richard Fillips Feynman (1918-yil, 5-noyabr, NyuYork 1988) - amerikalik fizik. AQSH milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1954). Massachusets Texnologiya institutini tugatgan (1939). Falsafa fanlari doktori. (1942). Prinston universitetida (1942—1943), LosAlamos laboratoriyada (194345) ishlagan. Kornell texnologiya universiteti professor (1950-yildan). Ilmiy ishlari maydon kvant nazariyasi, kvant elektrodinamika, elementar zarralar fizikasi, statistik fizika, oʻta oʻtkazuvchanlik va gravitatsiya nazariyasiga oid. Maydon kvant nazariyasining rivojlanishida muhim oʻrin tutgan matematik apparatni ishlab chiqqan (1949) (qarang Feynman diagrammalari). Oʻta oquvchan geliyning uyurma tabiatini tushuntirib bergan (Feynman uyurmasi deb ataladi). "Fizikadan Feynman maʼruzalari" kursi muallifi. Albert Eynshteyn mukofoti (1950), Nobel mukofoti laureati (1965)Nobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Fiziklar Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:11-mayda tugʻilganlar Turkum:1988-yilda vafot etganlar Turkum:15-fevralda vafot etganlar Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:Amerikalik ateistlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari