Xardavdon (Halimocnemis villosa Kar. et. Kir.) — shoʻradoshlarga mansub bir yillik sershox oʻt. Boʻyi 3-25 sm, qisqa va uzun tuklar bilan qoplangan. Barglari qalami, semiz, uzunligi 20–50 mm. Gulqoʻrgoni oddiy, 4 ta nashtarsimon boʻlakchadan iborat, ularning pastki qismi meva yetilishi oldidan qoʻshilib ketadi va qattiqlashadi. Xardavdon iyun — sentabrda gullab meva beradi. Oʻzbekistonda shoʻrxok, qumoq, mayda chagʻirtoshli, loy tuprokdi va qumli yerlarda keng tarqalgan. Qorakoʻl qoʻylari va tuyalarga ozuqa.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Xardavdon · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.