Yaproqoyoqlilar — jabraoyoqlilar kenja sinfiga mansub qisqichbaqasimonlar turkumi. 600 dan ziyod turi maʼlum. 2 yonga nishablangan, qalqon yoki 2 tavaqali chigʻanoq shakldagi boshkoʻkrak qalqoni (karapaks) bor. Koʻzlari fasetkali, poyachasiz. Koʻkrak oyoklari yaproqsimon (nomi shundan). Qorin boʻlimi birmuncha reduksiyaga uchragan. Asosan, chuchuk suvlarda tarqalgan; dengizlarda ham uchraydi. Jinsiy, koʻpchiligi partenogenez yoʻli bilan koʻpayadi. Tuxumi qurgʻoqchilikka chidamli (shamol bilan tarqalishi mumkin). 3 turkum: qalqondorlar, chigʻanoqlilar va shoxdormoʻylovlilarga boʻlinadi.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Yaproqoyoqlilar · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.