Yashpal (12-mart, 1903, Firoʻzpur — 25-dekabr, 1976, Laknav) — hind yozuvchisi. Hindiy tilida ijod qilgan. Milliy ozodlik harakatida qatnashganligi uchun bir necha bor qamalgan (1932— 38).

Ijodi Dastlabki hikoyasi — „Qafasdan qutulish“ (1939, qamoqda yozilgan). Yashpal hikoyalarida mamlakatdagi ijtimoiy nuqsonlar fosh qilingan. Yashpal „Xoin“ (1943), „Bir partiyadagi oʻrtoq“ (1946), „Insoniy qiyofa“ (1949), „Amita“ (1956), „Soxta haqiqat“ (195860), „Oʻn ikki soat“ (1963) kabi qissa va romanlarida hind xalqining mustaqillik yoʻlidagi kurash va yutuqlarini tasvirlagan. Yashpalning dastlabki romani „Xoin“da Ikkinchi jahon urushining boshlaridagi, fashistlar va mustamlakachilarga qarshi kurash kuchayib borayotgan davrdagi Hindiston aks etgan. Uning bosh qahramoni, harbiy gospital vrachi Khanna taqdir taqozosi bilan Samarqandga keladi, sanatoriyda ishlaydi, oʻzbek qizi bilan samimiy doʻstlashadi.

Yashpal pyesa, tanqidiy va publitsistik maqolalar ham yozgan. A.Muxtor, B. Kerboboyev va boshqalarning asarlarini hindiy tiliga tarjima qilgan. Panjob shtati adabiy mukofoti (1956) hamda J. Neru mukofoti laureati (1969). Asarlari koʻplab tillarda, jumladan, oʻzbek tilida nashr etilgan.

Manbalar Kul bosgan choʻgʻlar, T., 1970.

Adabiyot Chauxan Sh., Ocherk istorii literaturi xindi, M., 1960; Chelishev Y., Sovremennaya indiyskaya literatura, M., 1981.