Juma Hamidovich Hamidov (1931-yil 15-yanvar, Xatirchi tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2000). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1959). 1959-yildan Karmana tumanidagi 3-maktabda, 1963—2000-yillarda Navoiy shahridagi 5-maktabda geografiya fani oʻqituvchisi. Darsda muammoli dars, sayohat darslari usullaridan unumli foydalangan.
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari Turkum:1931-yilda tugʻilganlar Turkum:15-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Xatirchi tumanida tugʻilganlar