Mannon Azizovich Azizov (1913-yil, 5-yanvar – Toshkent – 1987.17.10) – kimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi (1961). Kimyo fanlari doktori (1968), professor (1960). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1937). Toshkent farmatsevtika institutida assistent (1937 – 1944), kafedra mudiri (1944-1957), rektor (1957-1970), laboratoriya rahbari (1970–1978). Asosiy ilmiy ishlari bioaktiv koordinatsion birikmalar kimyosiga oid Mannon Azizov rahbarligida mikroelementlarning turli bioaktiv moddalar bilan birgalikdagi 500 ga yaqin kompleks birikmasi sintez qilingan. Koamid, feramid, kobalt 30 va kupir preparatlari tibbiyot amaliyotiga joriy etilgan. Toshkent farmatsevtika institutida Mannon Azizov nomidagi stipendiya taʼsis etilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar O kompleksnmx soyedineniyax biologi-cheski aktivnmx veshestv s mikroelementami, T., 1958; O kompleksnmx soyedineniyax nekoto-rnx mikroelementov s bioaktivnmmi veshe-stvami, T., 1969.
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
Turkum:Kimyogarlar Turkum:1913-yilda tugʻilganlar Turkum:1-mayda tugʻilganlar Turkum:1987-yilda vafot etganlar Turkum:17-oktabrda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari