Zulayho Boyxonova (28-aprel, 1964-yil, Namangan viloyati, Uychi tumani) – aktrisa, xonanda (lirik soprano). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1996), Oʻzbekiston xalq artisti (2003).
Biografiya Boyxonova Zulayho Muhammadovna 28-aprel 1964-yil Namangan viloyati Uychi tumanida tavallud topgan. 1980-yil maktabni tugatib, 1981-yil Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining musiqali drama fakultetiga oʻqishga kirdi. 1986-yil oliygohni bitirib, "Muqimiy" nomidagi oʻzbek davlat musiqa va drama teatriga ishga kiradi. Teatr sanʼatidagi xizmatlari va takrorlanmas ijodi uchun 1996-yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga, 2003-yil esa Oʻzbekiston xalq artisti unvoniga ega boʻldi. 2005-yilda Zulayho Boyxonova Madaniyat va sport vazirligi tomonidan „Sahnamiz farishtasi“ nomi bilan taqdirlandi.
Xonanda hozirgi kunda ustozi Oʻzbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov boshchiligida „Ofarin“ ansamblining xonandasi boʻlib ishlaydi.
Ijodiy faoliyati Nurxon (Komil Yashin, Toʻxtasin Jalilov, „Nurxon“) – uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Keyinchalik Zulayho Boyxonova teatrda sahnalashtirilgan deyarli barcha spektakllarda bosh rollarni ijro etib tanildi:
Zulayho (Ramz Bobojon, F.Olimov, „Yusuf va Zulayho“); Nodirabegim (T.Toʻla, F.Olimov, „Nodirabegim“); Barchinoy (U.Azim, B.Lutfullayev, „Quduq tubidagi faryod“); Oyjamol (R.Maʼdiyev, B.Lutfullayev, „Taqdir“); Umida (R.Maʼdiyev, F.Olimov, „Devona“) Shirin (Xurshid, Yunus Rajabiy, „Farhod va Shirin“) va boshqa boshqalar.
Diskografiyasi +YilNomiShoirBastarkorIzohSamarqand UshshogʻiFargʻona tong otgunchaGar sogʻinsamBoylandilarOʻzga yor yoʻqdirKechalarUnutmaOvoramizHolatTushimda koʻrsam ediSogʻindimYo RabEy doʻstSalomatlik kerakEy koʻngilAllaEhtiyojShahloga tushdiBibixonimHanuzBoʻlmasa-boʻlmasGadoiy
U shuningdek, telenovella („Izhor“da Zulayho), videofilm („Yusuf va Zulayho“da Zulayho, „Koʻngil koʻchalari“da Unsin, „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“da Bonu va boshqalar)larda ham suratga tushgan.
Manbalar
Turkum:Xonandalar __INDEKS__