Jamoliddin Boʻronov (1933-yil, 9-oktyabr, Shahrixon tumani) – tilshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989). Filologiya fanlari doktori (1981), professor (1983). Andijon pedagogika bilim yurtini (1952), Toshkent chet tillar pedagogika institutini (1956) tugatgan. Shu institutda oʻqituvchi (1956 – 57), katta oʻqituvchi, dekan oʻrinbosari (1961—62), dotsent, kafedra mudiri (1962—68; 1970-84), rektori (1984—1992-yil 15-may). 1992-2002-yillar Oʻzbekiston jahon tillari universiteti rektori. 2002-yildan shu universitetning tillar tipologiyasi, germanistika va ingliz tili tarixi kafedrasi mudiri. Buning asosiy ilmiy ishlari ger-man va turkiy tillarning diaxronik hamda sinxronik rivojidagi oʻziga xoyeliklarni tipologik tahlil qilishga, german va turkiy tillar leksikografiyasi masalalariga bagishlangan. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Asarlari Ingliz va oʻzbek tillari qiyosiy grammatikasi. Toshkent, „Oʻqituvchi“, 1973 Ingliz tili grammatikasi (Boʻronova va Toshboyeva bilan hamkorlikda). Toshkent, „Oʻqituvchi“, 1978

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1933-yilda tugʻilganlar Turkum:10-sentyabrda tugʻilganlar