Stepnogorsk — (qoz. Stepnogorsk) Qozogʻiston Respublikasi Oqmoʻla viloyatidagi shahar (1964). Viloyat markazi — Koʻkshetov shahrining janubi-sharqiy tomonida 220 km masofada, Sariarqaning shimoliy qismida, Oqsuv daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Shaharga 1959-yil asos solingan. Shahar aholisi 59,455 kishi (2012). Stepnogorskning shimoli-gʻarbidan Yereymentau — Zaozerniy temir yoʻli va Yereymentau — Makinsk avtomabil yoʻllari oʻtadi.Qozoq ensiklopediyasi

Aholisi Shahar aholisi 1999-yil 47,372 kishini tashkil qildi. 2012-yilgi statistika boʻyicha 46,401 kishini, atrofidagi qishloqlar bilan qoʻshib hisoblaganda 59,455 kishini tashkil qildi.

Hududiy boʻlinishi Oqsuv, Bestoʻbe, Zavodskoy, Shantoʻbe, Qorabuloq

Sanoati Stepnogorskda kimyo, mashina ishlab chiqarish, mikrobiologiya, oziq-ovqat, qurulish materiallari korxonalari, energetika sohasi yaxshi rivojlangan. Asosiy korxonalari: kimyo kombinati, taʼmirlash-mexanika zavodi, „Progress“ AJ, „Stepnogorsk podshipnik zavodi“ AJ, uy-joy qurulish kombinati, temir-beton zavodi, sut-konserva, oziq-ovqat kombinatlari, „Biomedpreparat“ ilmiy-sanoat kombinati va boshqalar.

Ijtimoiy soha Shaharda 9 ta aloqa boʻlimi, telefon stansiyasi, 7 ta kasalxona, 9 ta shifoxona, 7 dorixona, zamonaviy uslubdagi 1000 kishiga moʻljallangan kasalxona aholiga xizmat qilmoqda. Maktabgacha boʻlgan 38 ta bolalar mahkamasi, umumiy bilim beruvchi 13 maktab, kasb-hunar gimnaziya, 2 kasbi-texnik maktab, hududiy kollej, madaniyat uyi, 9 klub, 12 kutubxona, 2 kinoteatr, 2 sport kompleksi, stadion, 4 changʻi bazasi va boshqalar bor.

Manbalar

Havolalar Ofitsialniy sayt akima goroda Stepnogorsk

Turkum:Qozogʻiston shaharlari Turkum:Akmola viloyati