FIFA Jahon kubogi, odatda oddiygina Jahon kubogi deb ataladi. Futbol sportining global boshqaruv organi boʻlgan Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) aʼzolarining erkaklar terma jamoalari oʻrtasida oʻtkaziladigan xalqaro futbol musobaqasi. Ilk musoboqa oʻtkazilgan 1930-yilgi turnirdan boshlab, har toʻrt yilda bir marta oʻtkazib kelinmoqda. Turnir 1942-1946-yillarda Ikkinchi jahon urushi tufayli oʻtkazilmagan. Amaldagi chempion 2022-yil Qatarda boʻlib oʻtgan turnirda uchinchi marta chempionlikni qoʻlga kiritgan Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Musobaqa saralash bosqichidan boshlanadi. Turnirning final bosqichida 32 ta terma jamoa mezbon mamlakat(lar) bilan birga bir oy davomida chempionlik uchun kurash olib boradi. Mezbon mamlakat(lar) avtomatik tarzda turnirning guruh bosqichiga yoʻllanma oladi. Musobaqa 2026-yilgi turnirdan boshlab 48 ta jamoani tashkil etishi rejalashtirilgan.

2022-yilda oʻtkazilgan futbol boʻyicha jahon chempionati holatiga koʻra, turnir boshlangan 1930-yildan buyon 22 ta final turniri oʻtkazilgan va jami 80 ta terma jamoa ishtirok etgan. Kubokni sakkizta terma jamoa qoʻlga kiritgan. Beshta gʻalaba bilan birgalik Braziliya har bir turnirda ishtirok etgan yagona jamoa hisoblanadi. Jahon kubogining boshqa gʻoliblari Germaniya va Italiya boʻlib, har biri toʻrttadan unvonga ega. Argentina uchta, Fransiya va ilk turnir gʻolibi Urugvay har biri ikkitadan, Angliya va Ispaniya esa bittadan unvonga ega.

Jahon chempionati dunyodagi eng nufuzli futbol turniri, shuningdek, dunyodagi eng koʻp koʻrilgan va kuzatiladigan yagona sport musobaqasidirTom Dunmore, [ Historical Dictionary of Soccer], page 235, quote „The World Cup is now the most-watched sporting event in the world on television, above even the Olympic Games.“. 2018-yilgi Jahon chempionatini tomoshabinlar soni 3,57 milliardni tashkil etgani taxmin qilingan, bu dunyo aholisining yarmiga yaqin ediStephen Dobson and John Goddard, [ The Economics of Football], page 407, quote „The World Cup is the most widely viewed sporting event in the world: the estimated cumulative television audience for the 2006 World Cup in Germany was 26.2 billion, an average of 409 million viewers per match.“Glenn M. Wong, [ The Comprehensive Guide to Careers in Sports], page 144, quote „The World Cup is the most-watched sporting event in the world. In 2006, more than 30 billion viewers in 214 countries watched the World Cup on television, and more than 3.3 million spectators attended the 64 matches of the tournament.“. 2022-yilgi Jahon chempionatini telemoyishlarda koʻrganlar soni 5 milliardni tashkil etgan, final oʻyinini esa taxminan 1,5 milliard odam tomosha qilgan.

Jahon chempionatiga 17 davlat mezbonlik qilgan. Soʻngi 2022-yilgi musobaqaga Qatar mezbonlik qilgan. 2026-yilgi turnir Kanada, Qoʻshma Shtatlar va Meksika tomonidan birga oʻtkaziladi. Natijada Meksika uchun uchta Jahon chempionatida oʻyinlar oʻtkazgan birinchi davlat boʻlish sharafini beradiTom Dunmore, Historical Dictionary of Soccer, page 235, quote „The World Cup is now the most-watched sporting event in the world on television, above even the Olympic Games.“Stephen Dobson and John Goddard, The Economics of Football, page 407, quote „The World Cup is the most widely viewed sporting event in the world: the estimated cumulative television audience for the 2006 World Cup in Germany was 26.2 billion, an average of 409 million viewers per match.“Glenn M. Wong, The Comprehensive Guide to Careers in Sports, page 144, quote „The World Cup is the most-watched sporting event in the world. In 2006, more than 30 billion viewers in 214 countries watched the World Cup on television, and more than 3.3 million spectators attended the 64 matches of the tournament.“.

Tarixi

Avvalgi xalqaro musobaqalar Dunyodagi birinchi xalqaro futbol oʻyini 1872-yilda Glazgoda Shotlandiya va Angliya oʻrtasida boʻlib oʻtgan oʻyin edi. Millatlar oʻrtasidagi birinchi xalqaro turnir, 1884-yilda Britaniyadagi mamlakatlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan. XX asrning boshlarida futbol dunyoning boshqa qismlarida mashhurligi oshgani sayin, u koʻrgazmali sport turi sifatida turnirlar oʻtkazila boshlagan. 1900, 1904 va 1906-yilgi Oʻzaro oʻyinlarda Yozgi Olimpiya oʻyinlarida medallar berilmagan (ammo Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi ularning maqomini retroaktiv ravishda rasmiy tadbirlarga aylantirgan).

FIFA 1904-yilda tashkil etilganidan soʻng, 1906-yilda Shveysariyada Olimpiada oʻyinlari doirasidan tashqarida boʻlgan davlatlar oʻrtasida xalqaro futbol turnirini oʻtkazishga harakat qilgan. Bu xalqaro futbol uchun juda dastlabki kunlar edi va FIFAning rasmiy tarixida musobaqani muvaffaqiyatsiz deb hisoblanadi.

1908-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida futbol rasmiy musobaqaga aylangan. Angliyaning futbol boshqaruv organi boʻlmish Futbol Assotsiatsiyasi (FA) tomonidan rejalashtirilgan tadbir faqat havaskor futbolchilar uchun boʻlib, musobaqa emas, balki shou sifatida baholangan. Oltin medallarni Buyuk Britaniya (Angliya milliy havaskor futbol jamoasi vakili) qoʻlga kiritgan. Britan jamoasi bu natijani 1912-yil Stokgolmdagi yozgi Olimpiada oʻyinlarida ham takrorlagan.

Olimpiada musobaqasi faqat havaskor jamoalar oʻrtasida davom etayotganligi sababli, ser Tomas Lipton 1909-yilda Ser Tomas Lipton Trophy turnirini tashkil qilgan. Lipton turniri turli millatlarning alohida klublari (milliy terma jamoalar emas) oʻrtasidagi chempionat edi. Ishtirokchi jamoalarning har biri, butun bir xalqning vakili edi. Musobaqa baʼzan Birinchi Jahon Kubogi deb taʼriflanadi. Unda Italiya, Germaniya va Shveysariyaning eng nufuzli professional klublari ishtirok etgan. Turnirda Angliya FA musobaqada oʻz jamoasini ishtirok etishini istamagan va professional jamoani yuborish taklifini rad etgan. Angliya nomini ifodalash uchun Lipton okrugi Durhamdan havaskor jamoa hisoblangan West Oklend klubi taklif qilingan. Gʻarbiy Oklend jamoasi turnirda gʻolib chiqqan va 1911-yilda oʻz unvonini muvaffaqiyatli himoya qilish ikkinchi bor turnirda ishtirok etgan. Lipton musobaqasidan oldin, 1876-yildan 1904-yilgacha, oʻsha davr uchun „futbol boʻyicha jahon chempionati“ deb hisoblangan oʻyinlar, Angliya va Shotlandiyaning yetakchi klublari oʻrtasidagi uchrashuvlar edi.

1914-yilda FIFA Olimpiada turnirini „havaskorlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha jahon chempionati“ sifatida tan olishga rozi boʻlgan va tadbirni boshqarish mas’uliyatini oʻz zimmasiga olgan. Bu 1920-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Misr va Yevropaning 13 jamoasi ishtirok etgan. 1920-yilda Belgiya terma jamoasi gʻolib boʻlgan. Urugvay 1924 va 1928-yillardagi keyingi ikkita Olimpia futbol turnirlarida gʻolib chiqqan. Urugvay terma jamoasi ketma-ket ikki bor gʻoliblikka erishgan turnirlar birinchi ikkita ochiq jahon chempionatining boshlanishi edi, chunki 1924-yildan FIFAning professional davrining boshlanishi hisoblangan.

Ikkinchi jahon urushidan oldingi jahon chempionatlari left|thumb|FIFA prezidenti Jules Rimet konfederatsiyalarni xalqaro futbol turnirini oʻtkazishga ishontirgan. Futbol boʻyicha Olimpiada oʻyinlarining muvaffaqiyati tufayli FIFA prezidenti Jules Rimetning harakatlantiruvchi kuchi sifatida yana oʻzining xalqaro turnirini Olimpiadadan tashqarida oʻtkazishga kirishdi. 1928-yil 28-mayda Amsterdamda boʻlib oʻtgan FIFA kongressi jahon chempionatini oʻtkazishga qaror qildi. Urugvay hozir ikki karra rasmiy futbol boʻyicha jahon chempioni boʻlgan va 1930-yilda mustaqillikning 100 yilligini nishonlash munosabati bilan FIFA Urugvayni ilk Jahon kubogi turniriga mezbon mamlakat deb eʼlon qilgan.

Tanlangan davlatlarning milliy assotsiatsiyalari jamoani yuborishga taklif qilindi, ammo musobaqa oʻtkaziladigan joy sifatida Urugvayning tanlanishi Yevropa tomonlari uchun Atlantika okeani boʻylab, oʻsha davr uchun uzoq va qimmat sayohatni anglatar edi. Haqiqatan ham, hech bir Yevropa davlati musobaqa boshlanishiga ikki oy qolganiga qadar jamoa yuborishga vaʼda bermagan. Rimet oxir-oqibat Belgiya, Fransiya, Ruminiya va Yugoslaviya jamoalarini safarga chiqishga koʻndirgan. Hammasi boʻlib 13 ta davlat ishtirok etgan: Janubiy Amerikadan yetti nafar, Yevropadan toʻrtta va Shimoliy Amerikadan ikkita. thumb|Estadio Centenario. Birinchi Jahon kubogi finali 1930-yilda Montevideoda, Urugvayda boʻlib oʻtgan stadion. Birinchi ikkita Jahon kubogi oʻyinlari 1930-yil 13-iyulda bir vaqtning oʻzida boʻlib oʻtgan va Fransiya va AQSh mos ravishda Meksikani 4:1 va Belgiyani 3:0 hisobida magʻlub etishgan. Jahon chempionatlari tarixidagi ilk gol fransiyalik Lyusen Loran tomonidan kiritilgan. Finalda, Urugvay Montevideoda 93 000 kishi koʻz oʻngida Argentinani 4-2 hisobida magʻlub etgan va jahon chempionatida gʻolib chiqqan birinchi davlatga aylangan. Jahon chempionati tashkil etilgandan soʻng, FIFA va XOQ havaskor oʻyinchilarning maqomi boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga kela boshlagan va shuning uchun futbol 1932-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan olib tashlangan. XOQ va FIFA oʻzaro kelishmovchiliklarida kelishish yoʻlini topganlaridan soʻng, Olimpiada futboli 1936-yilgi Yozgi Olimpiada sport oʻyinlariga qaytgan, ammo endilikda nufuzi jahon chempionati soyasida qolmoqda edi.

Erta Jahon kubogi musobaqalari oldida turgan muammolar qitʼalararo sayohat va urush qiyinchiliklari edi. Janubiy Amerikaning bir nechta jamoalari 1934-yilgi Jahon chempionati uchun Evropaga borishga tayyor edilar va Braziliya va Kubadan tashqari barcha Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlari 1938-yilgi turnirni boykot qildilar. Braziliya Janubiy Amerikadagi yagona jamoa boʻlib, ikkalasida ham raqobatlashdi. Germaniya va Braziliya mezbonlik qilishga intilgan 1942 va 1946-yillardagi musobaqalar Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari tufayli bekor qilindi.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi jahon chempionatlari thumb|Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi „Marakana“ stadionining ochilish oʻyini, 1950-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatidan biroz oldin. 1950-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionati birinchi boʻlib britaniyalik ishtirokchilarni oʻz ichiga olgan. Britaniya jamoalari 1920-yilda, qisman oʻzlari urush olib borgan mamlakatlarga qarshi oʻynashni istamaganliklari uchun va qisman futbolga chet el taʼsiriga qarshi norozilik sifatida FIFAdagi ishtiroklarini toʻxtatgan edilar, lekin FIFA taklifiga binoan 1946-yilda qayta aʼzo boʻlishgan. Turnir, shuningdek, oldingi ikki jahon chempionatini boykot qilgan 1930-yilgi turnir chempioni Urugvayning qaytishini koʻrdi. Urugvay „Marakana“ (portugalcha: Marakanaço) deb nomlangan stadionda mezbon Braziliyani magʻlub etib, yana turnir gʻolibiga aylangan.

1934-yildan 1978-yilgacha boʻlgan turnirlarda har bir turnirda 16 ta jamoa qatnashgan. 1938-yil bundan mustasno, Avstriya saralashdan soʻng Germaniya tarkibiga singib ketgan va 15 jamoa bilan turnirni tark etgan va 1950-yilda Hindiston, Shotlandiya va Turkiya musobaqani tark etgan. 13 ta jamoa ishtirokidagi turnir oʻtkazilgan. Ishtirokchi davlatlarning aksariyati Yevropa va Janubiy Amerikadan, kichik ozchilik Shimoliy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyadan edi. Bu jamoalarni odatda Yevropa va Janubiy Amerika jamoalari osonlikcha magʻlub etishar edi. 1982-yilgacha Yevropa va Janubiy Amerikadan tashqarida birinchi bosqichdan keyingi bosqichga muvaffaqiyatli oʻtgan jamoalar: AQSh 1930-yilda yarim final; Kuba 1938-yilda chorak final; Shimoliy Koreya 1966-yilda chorak fina va Meksika 1970-yilda chorak final bosqichiga qadar yetib borgan

32 ta jamoani kengaytirish thumb|2010-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatidagi oʻyin paytida Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahridagi Soccer City stadionining ichki koʻrinishi