Xromtov tumani — Oqtoʻbe viloyatining shimoliy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 12,9 ming km2. Tuman 1935-yilda tashkil topgan. Aholisi kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Xromtov shahriwww.geonames.de Subdivisions of Kazakhstan in local languages.
Iqlimi Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –16 — 18 °C ayrim vaqtlarda −44 °C gacha sovub ketadi. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 21 — 23 °C. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 250 — 300 mm.
Aholi punktlari Oqjor (Novorossiyskoe), Boʻgetsoy, Koʻktov, Qoʻpa, Oqquduq (Kredikovka), Qudiqsoy, Qizilsuv, Maytoʻbe, Molodejnoye, Nikeltov, Oʻysilqora, Prostornoe, Sorisoy, Susanovka, Suxinovka, Tabantol, Tasoʻtkel, Troitskoe, Xromtov.
Ijtimoiy soha Tumanda 38 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, madaniyat uyi, kutubxonalar, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida kasalxona, 29 feld.-akusherlik punkt, „Mugʻaljar“ xordiq maskani aholi uchun xizmatdaQozoq Ensilopediyasi, II tom.
Manbalar
Turkum:Oqtoʻbe viloyati Turkum:Qozogʻiston tumanlari