Marko Blajich () – Serbiyalik futbolchi. 1985-yilning 2-avgust kuni Yugoslaviyaning Mladenovats shahrida tugʻilgan. Ampluasi yarim himoyachi. Hozirgi paytda Qozogʻistonning „Atirau“ klubi aʼzosi. Faoliyati Marko Blajich karyerasini ona shahrining „Mladenovats“ klubida boshladi. Keyinroq „Polyot“ va „Chukarichki“ klublarida oʻynadi. 2008-yilda Serbiyaning eng mashhur klublaridan boʻlmish „Srvena Zvezda“ bilan shartnoma imzoladi va 2010-yilgacha ushbu klubda 35 ta oʻyin oʻtkazib 4 ta golga mualliflik qildi. 2011-yilda Blajichning xalqaro klublardagi karyerasi boshlandi va u Slovakiyaning „Rujomberok“ safiga koʻchib oʻtdi. Oʻsha yili esa Rossiyaning „Amkar“ klubi bilan shartnoma imzoladi va ikki yil mobaynida ushbu klub safida 26 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta gol urdi. 2013-yilda Marko Blajich Oʻzbekistonga koʻchib oʻtdi va Toshkentning „Bunyodkor“ klubi safiga qoʻshildi. „Bunyodkor“ safida Osiyo Chempionlar Ligasi, Oʻzbekiston Kubogi va Oliy Ligada 10 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta golga mualliflik qildi. 2014-yilning fevral oyida esa Qozogʻistonning „Atirau“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Manbalar
Havolalar
Marko Blajich Worldfootball saytida
Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:OFK Mladenovac futbolchilari Turkum:FK Radnički Beograd futbolchilari Turkum:FK Čukarički futbolchilari Turkum:Red Star Belgrade futbolchilari Turkum:MFK Ružomberok futbolchilari Turkum:FC Amkar Perm futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:FK Radnički Niš futbolchilari Turkum:AEL Kalloni F.C. futbolchilari Turkum:PAS Lamia 1964 futbolchilari Turkum:Apollon Smyrnis F.C. futbolchilari Turkum:FK Rad futbolchilari Turkum:FK IMT futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Slovakiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilar Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Slovakiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar