Xromtov — Oqtoʻbe viloyati Xromtov tumanining maʼmuriy markazi. Viloyat markazi Oqtoʻbe shahrining sharqiy tomonida 86 km oraliq masofada joylashgan. Shaharga 1940-yilda asos solingan va 1967-yildan boshlab shahar mavqeiga ega. Aholisi 25,220 kishini tashkil qiladi (2014).
Ijtimoiy soha Shaharda 6 ta maktab, 1 kasbiy texnik maktab, 3 bolalar bogʻchasi, konchilar madaniyat saroyi, klub, pochta, telegraf tarmoqlari va boshqalar faoliyat olib bormoqda. Xromtov orqali respublika ahamiyatiga ega Qandiagʻash — Altinsarin — Jitiqara — Qoʻstanay temir yoʻli va Qarabutaq — Komsomolskoe — Denisovka — Qoʻstanay avtomobil yoʻli oʻtadi«Qozogʻiston»: Milliy ensiklopediya / Bosh maharrir A. Nisanbaev – Almati «Qozoq ensiklopediyasi» Bosh redaksiyasi, 1998-yil, , II tom.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston shaharlari Turkum:Oqtoʻbe viloyati