Neymar Da Silva Santos Junior (; 1992-yil 5-fevralda tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi. Neymar uchta turli klubda 100 tadan ortiq gol urgan va bu natijaga erishgan toʻrt oʻyinchidan biriga aylandi. „Barcelona“, „PSG“ va „Al Hilol“ kabi mashhur klublarda toʻp surgan. Neymar futbol tarixidagi transfer qilingan eng qimmat futbolchi sanaladi. U 2017-yilda Barselonadan PSG ga 222 million yevro evaziga koʻchib oʻtgan, biroq bu transfer Parij klubi uchun oʻzini oqlamagan. Tinimsiz jarohatlar va oʻyinchining noprofessional yondashuvi sabab, u bir nechta yuzlab oʻyinlarni oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan. Shunday voqealar fonida 2024-yil Saudiya Arabistonining „Al Hilol“ klubiga koʻchib oʻtadi. Ammo braziliyalik sehrgarning arab diyoridagi sarguzashtlari erta yakuniga yetadi va ushbu transfer ham muvaffaqiyatsiz boʻlib chiqadi. Neymar hozir oʻzi porlab chiqqan „Santos“ klubida ijara asosida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Braziliya milliy terma jamoasining amaldagi bosh murbbiyi Karlo Anchelotti Neymarni 2026-yil AQSH, Meksika va Kanadada boʻlib oʻtadigan navbatdagi jahon chempionati uchun yakuniy tarkibga kiritdi. Bu jahon chempionati „Tojsiz qirol“ uchun soʻnggi mundial boʻlishi kutilmoqda.
Yutuqlari Rekordlari
UEFA Chempionlar Ligasi tarixida chorak finalda ham, yarim finalda ham, turnir finalida ham gol urgan birinchi futbolchi (2014/15); UEFA Chempionlar Ligasi tarixida bir musobaqada toʻrtta oʻyinda bir raqib darvozasiga gol urgan birinchi futbolchi (2014/15); Futbol tarixida Libertadores kubogi va UEFA Chempionlar ligasida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi (2013/14); UEFA Chempionlar Ligasi tarixidagi eng tez „Barselona“ xet-trikiga erishdi; Olimpiya oʻyinlari tarixidagi eng tez gol muallifi;
Shaxsiy
Liga Paulistaning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2009-yil; Paulista ligasining eng yaxshi futbolchisi (4): 2010, 2011, 2012, 2013; Paulista ligasining eng yaxshi hujumchisi (4): 2010, 2011, 2012, 2013; Braziliya chempionatining eng yaxshi hujumchisi (3): 2010, 2011, 2012; Braziliya kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2010-yil; Janubiy Amerika yoshlar chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2011-yil; Janubiy Amerika yoshlar chempionatining eng yaxshi futbolchisi: 2011-yil; Time 100: 2017: Time 100 — Amerikaning Time jurnali boʻyicha yilning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxati.Time 100
Manbalar
Havolalar
at Paris Saint-Germain F.C.
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Santos FC futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain FC futbolchilari Turkum:Al Hilol SFC klubi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasining eng yaxshi toʻpurarlari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari