Michele Ferrero (, 1925-yil 26-aprel – 2015-yil 14-fevral) – italiyalik milliarder biznesmen edi. U shokolad ishlab chiqaruvchi Ferrero shirkatiga egalik qilgan. Yevropadagi ikkinchi yirik qandolatchilik kompaniyasi otasining kichik novvoyxonasi va kafesidan ishlab chiqqan. Uning birinchi katta muvaffaqiyati mashhur Nutellani tayyorlash uchun anʼanaviy gianduja pastasiga oʻsimlik yogʻini qoʻshish ediForbes Michele Ferrero Istoriya kompanii Ferrero Ferrero Group .

Biografiyasi Mishel Ferrero 1925-yil 26-aprelda Dogliani shahrida Ferrero kompaniyasiga asos solgan Pietro Ferrero va uning rafiqasi Piera Cillarioning oilasida tugʻilgan.

1949-yildan shirkatda ishlay boshladi.

2008-yil mart oyida Silvio Berlusconini ortda qoldirib, Italiyadagi eng boy odami boʻlgan edi. 2014-yil may oyida Bloomberg Billionaires Index Ferreroni dunyoning eng boy odamlari roʻyxatida 20-oʻringa qoʻydi.

Ferrero brendlari qatoriga Nutella, Mon Chéri, Kinder Chocolate, Ferrero Rocher, Tic tac va Kinder Eggs kiradi.

1997-yildan boshlab uning oʻgʻillari Giovanni Ferrero va Pietro Ferrero kompaniyani birgalikda boshqarganFerrero SpA – Company History.. Pietro 2011-yil 18-aprelda Janubiy Afrikada velosiped haydash paytida yurak xurujidan vafot etganidan soʻng, Giovanni yagona bosh direktor boʻldi.

Ferrero 1962-yilda Maria Franka Fissologa uylandi. Ular Giovanni Ferrero va kichik Pietro Ferrero ismli ikki oʻgʻil koʻrishdi.

U katolik edi. Har bir zavod va idoraga Madonna qoʻygan. Ferrero 2015-yilning 14-fevralida Monakoning Monte-Karlo shahridagi uyida 89 yoshda vafot etdiCavaliere di Gran Croce Ordine al Merito della Repubblica Italiana Dott. Michele FerreroCavaliere del Lavoro Michele Ferrero.

Manbalar

Turkum:Italiya milliarderlari