AFC Chempionlar ligasi 2015 Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan oʻtkazilib kelinayotgan Osiyo futbol klublari oʻrtasidagi eng yuqori 34-turnir hisoblanadi. AFC Chempionlar ligasi nomi ostida 13-turnir hisoblanadi va oʻtgan yilgi musobaqa gʻolibi ning Western Sydney Wanderers klubi boʻlgan. Musobaqa gʻolibi FIFA Klublar oʻrtasida jahon chempionati 2015 turniriga yoʻllanma oladi.

Ishtirokchi klublarning taqsimlanishi AFC Musobaqalar Qoʻmitasi 2014-yil 25-yanvarda AFC klublar musobaqalariga yangiliklar kiritishni taklif etdi va 2014-yil 16-aprelda AFC Ijroiya Qoʻmitasi bu taklifni ratifikatsiya qildi. AFCga aʼzo assotsiatsiyalar, ularning milliy terma jamoalari va klublari soʻnggi 4 yilda AFC futbol musobaqalaridagi qanday ishtirok etganligiga qarab reytinglandi va 2015 va 2016-yilgi musobaqalar uchun 2014-yilgi reytingga tayanib joylar ajratildi: AFCning eng kuchli 24ta assotsiatsiyalarning erishgan reytinglari, AFC Chempionlar ligasida bevosita oʻrin olishga layoqatli va ular toʻla AFC Chempionlar ligasi mezonlarini bajaradi: Sharqiy va Gʻarbiy Osiyo mintaqalaridan jami 24ta (Sharqiy mintaqadan 12ta, Gʻarbiy mintaqadan 12ta) klublar guruh bosqichidan musobaqalarga kirishadi, qolgan 8ta (Sharqiy mintqadan 4ta, Gʻarbiy mintaqadan 4ta) oʻrin esa oʻtish bosqichidan saralangan jamoalar bilan toʻldiriladi. Sharqiy va Gʻarbiy mintaqaning eng kuchli 6ta assotsiatsiyasi toʻgʻridan toʻgʻri guruh bosqichidan oʻrinlarni egallaydi, qolgan assotsiatsiyalar oʻtish bosqichi orqali bellashib guruh bosqichidagi qolgan oʻrinlarni egallaydi: Birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan assotsiatsiyalarning har biridan 3ta klub bevosita guruh bosqichidan joy oladi va 1tadan klubi oʻtish bosqichidan joy oladi. Uchinchi va toʻrtinchi oʻrinni egallagan assotsiatsiyalarning har biridan 2ta klub bevosita guruh bosqichidan joy oladi va 2tadan klubi oʻtish bosqichidan joy oladi. Beshinchi oʻrinni egallagan assotsiatsiyalarning har biridan 1ta klub bevosita guruh bosqichidan joy oladi va 2tadan klubi oʻtish bosqichidan joy oladi. Oltinchi oʻrinni egallagan assotsiatsiyalarning har biridan 1ta klub bevosita guruh bosqichidan joy oladi va 1tadan klubi oʻtish bosqichidan joy oladi. Yettinchidan oʻn ikkinchigacha boʻlgan oʻrinni egallagan assotsiatsiyalarning har biridan 1ta klubi oʻtish bosqichidan joy oladi. Har bir assotsiatsiyaning birinchi 3ta jamoasi eng yuqori ichki chempionatlaridan saralangan (masalan: Avstraliyaning 3ta jamoasi A liganing 1,2 va 3-oʻrinlarini egallagan klublaridir).

2014-yilning 28-noyabrida, AFC Musobaqalar Qoʻmitasi 2015 va 2016-yilgi chempionlar ligasi musobaqasi uchun bir qancha mezonlar asosida oʻrinlar ajratdi, shulardan, assotsiatsiyalarning egallagan reytinglari hamda klublar litsenziyasi qoidalarini bajaraish kabi kriteriyalari orqali joylar ajratildi.

AFC Chempionlar ligasi 2015 ishtirokchilariIshtirok etish mezonlarini bajaradiIshtirok etish mezonlarini bajarmaydi

+Gʻarbiy Osiyo mintaqasiReytingAssotsiatsiyaOchkoOʻrinlarGuruhbosqichiOʻtish bosqichiZonaBari 1 2 88.268310 2 3 80.794310 3 5 62.272310 4 7 57.792220 5 9 56.102102 610 47.106000 711 45.225001 812 44.309001 914 30.5860011016 25.5470011117 25.4880001219 22.883000Umumiy125611

+Gʻarbiy Osiyo mintaqasiReytingAssotsiatsiyaOchkoOʻrinlarGuruhbosqichiOʻtish bosqichiZonaBari 1 1 94.8663100 2 4 77.1073100 3 6 57.9402100 4 8 57.6602110 513 33.0491020 615 27.7531010 718 25.0040010 820 20.0770010 921 18.28200011022 18.15300011123 16.75600011224 16.0970001Umumiy1246414

Ilovalar

Jamoalar Quyidagi klublar chempionatga kiritildi.

Quyidagi jadvalda klublarning Umumiy ishtiroki va Oxirgi ishtiroki 2002 va 2003-yilgi chempionatdan boshlab sanaldi (sarlash bosqichi ham hisoblanadi), yani Chempionlar ligasi nomi ostida faoliyat yuritilgandan beri.

+Gʻarbiy Osiyo mintaqasiJamoaSaralash metodiUm.isht.Ox.isht.Bevosita guruh bosqichidan kiruvchilar (A-D guruhlari) Al-NassrS. Arabistoni futbol chempionati 2012/13 chempioni22011 Al-ShababChempionlar qirollik kubogi 2014 gʻolibi92014 Al-HilolS. Arabistoni futbol chempionati 2012/13 2-oʻrini112014 FooladEron futbol chempionati 2013/2014 chempioni32014 Tractor SaziHazfi kubogi 2013/2014 gʻolibi32014 PersepolisEron futbol chempionati 2013/2014 2-oʻrini52012 PaxtakorOʻzbekiston futbol chempionati 2014 chempioni122013Oʻzbekiston kubogi 2014 gʻolibiOʻzbekiston futbol chempionati 2014 2-oʻrini32014 Nasaf QarshiOʻzbekiston futbol chempionati 2014 3-oʻrini32014 Al-AhliBAA futbol chempionati 2013/2014 chempioni62014 Al-AynBAA prezident kubogi 2013/2014 gʻolibi102014 LehviyaQatar futbol chempionati 2013/2014 chempioni42014Oʻtish bosqichi ishtirokchilariPley-off roundidan kiruvchilar Al-AhliS. Arabistoni futbol chempionati 2012/13 3-oʻrini72013 Naft TehronEron futbol chempionati 2013/2014 3-oʻrini1— BunyodkorOʻzbekiston futbol chempionati 2014 4-oʻrini82014 Al-WahdaBAA futbol chempionati 2013/2014 2-oʻrini72011 Al-JaziraBAA futbol chempionati 2013/2014 3-oʻrini720142-rounddan kiruvchilar Al-SaddQatar amiri kubogi 2014 gʻolibi102014 El JaishQatar futbol chempionati 2013/2014 2-oʻrini32014 Al-QadsiaQuvayt futbol chempionati 2013/2014 chempioni52014 Al-WehdatIordaniya futbol chempionati 2013/2014 chempioni22002/03 Al-NahdaUmmon futbol chempionati 2013/2014 chempioni1— RiffaBahrayn futbol chempionati 2013/2014 chempioni22004

+Sharqiy Osiyo mintaqasiJamoaSaralash metodiUm.isht.Ox.isht.Bevosita guruh bosqichidan kiruvchilar (E-H guruhlari) Jeonbuk Hyundai MotorsJ. Koreya futbol chempionati 2014 chempioni92014 Seongnam FCJ. Koreya FA kubogi 2014 gʻolibi62012 Suwon Samsung BluewingsJ. Koreya futbol chempionati 2014 2-oʻrini 62013 Gamba OsakaYaponiya futbol chempionati 2014 chempioniImperator kubogi 2014 gʻolibi72012 Urawa Red DiamondsYaponiya futbol chempionati 2014 2-oʻrini42013 Kashima AntlersYaponiya futbol chempionati 2014 3-oʻrini62011 Brisbane RoarAvstraliya futbol chempionati 2013/2014 chempioniA liga grand finali 2014 gʻolibi32013 Western Sydney WanderersAvstraliya futbol chempionati 2013/2014 2-oʻrini 22014Xitoy futbol chempionati 2014 chempioni42014 Shandong Luneng T.Xitoy FA kubogi 2014 gʻolibi 72014 Buriram UnitedTailand futbol chempionati 2014 chempioni52014 Becamex Bình DươngVyetnam futbol chempionati 2014 chempioni22008Oʻtish bosqichi ishtirokchilariPley-off roundidan kiruvchilar FC SeoulJ. Koreya futbol chempionati 2014 3-oʻrini52014 Kashiwa ReysolYaponiya futbol chempionati 2014 4-oʻrini32013 Central Coast MarinersAvstraliya futbol chempionati 2013/2014 3-oʻrini52014 Beijing GuoanXitoy futbol chempionati 2014 2-oʻrini720142-rounddan kiruvchilar Guangzhou R&FXitoy futbol chempionati 2014 3-oʻrini1— Bangkok GlassTailand FA kubogi 2014 gʻolibi42008 ChonburiTailand futbol chempionati 2014 2-oʻrini42014 Hà Nội T&TVyetnam futbol chempionati 2014 2-oʻrini22014 Persib BandungIndoneziya futbol chempionati 2014 chempioni1— KitcheeGon Kong futbol chempionati 2013/2014 chempioni1—1-rounddan kiruvchilar YadanarbonMyanma futbol chempionati 2014 chempioni1— Johor Darul Ta'zimMalayziya futbol chempionati 2014 chempioni1— BengaluruHindiston futbol chempionati 2013/2014 chempioni1— WarriorsSingapur futbol chempionati 2014 chempioni32010

Ilovalar

Jadval Musobaqa jadvali quyidagicha (barcha qurʼa marosimi Malayziyaning Kuala Lumpur shahridagi AFC shtab-kvartirasida boʻlib oʻtdi).

BosqichTurQurʼa kuni1-uchrashuv2-uchrashuvOʻtish bosqichi1-roundQurʼaboʻlmagan4-fevral 20152-round10-fevral 2015Pley-off roundi17-fevral 2015Guruh bosqichi1-tur11-dekabr 201424–25-fevral 20152-tur3–4-mart 20153-tur17–18-mart 20154-tur7–8-aprel 20155-tur21–22-aprel 20156-tur5-6-may 2015Pley-off bosqichiNimchorak final19–20-may 201526–27-may 2015Chorak finalNoaniq25-26-avgust 201515-16-sentabr 2015Yarim final29-30-sentabr 201520-21-oktabr 2015Final7-oktabr 201521-oktabr 2015

Oʻtish bosqichi

Oʻtish bosqichi 3ta rounddan (1,2 va pley-off roundi) tashkil topdi, klublar uchun jadvalni AFC taminlab berdi, reytinda yuqori ochkoga ega boʻlgan assotsiatsiyalar ushbu bosqichda kechroq oʻyinlarga kirishishdi. uchrashuvlar bitta oʻyin bilan gʻolib aniqlanadi, reytingdagi yuqori oʻrinni olgan klub mezbon boʻladi, asosiy vaqtda gʻolib aniqlanmasa qoʻshimcha vaqt beriladi unda ham aniqlanmasa penaltilar seriyasini amalga oshirish orqali gʻolib aniqlanadi. Oʻtish bosqichining pley-off roundi gʻoliblari guruh bosqichiga yoʻllanma olib 24 ta avtomatik yoʻllanma olgan klublar safiga qo'shiladi va 32 ta oʻrin toʻldiriladi, oʻtish bosqichining har bir roundida magʻlubiyatga uchragan klublar AFC kubogi 2015 guruh bosqichida kiradi.

1-round

!colspan=3|Sharqiy Osiyo mintaqasi

2-round

!colspan=3|Gʻarbiy Osiyo mintaqasi

!colspan=3|Sharqiy Osiyo mintaqasi

Pley-off roundi

!colspan=3|Gʻarbiy Osiyo mintaqasi

!colspan=3|Sharqiy Osiyo mintaqasi

Guruh bosqichi

Guruh bosqichi uchun qurʼa tashlash marosimi 2014-yilning 11-dekabrida soat 16:00 (UTC+8)da Malayziyaning Kuala Lumpur shahridagi AFC qarorgohida boʻlib oʻtdi. Tanlangan 32ta klub 8ta guruhga 4tadan joylashtirildi va bitta assotsiatsiyadan qatnashgan klublar bitta guruhga tushmaydi. Guruh bosqichida, jamoalar uy va safar uchrashuvlarini oʻtkazadilar. Har bir guruhning birinchi va ikkinchi oʻrinlari pley-off bosqichiga yoʻllanma oladi.

Taybreyklar Jamoalar reytingi ochkolar hisobiga (gʻalaba 3 ochko, durang 1 ochko va magʻlubiyat 0 ochko) joylashtiriladi. Agar ochkolar boʻyicha aniqlanmasa, taybreyklar quyidagicha hal qilinadi: Guruh bahslarida har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinlarda olingan eng yuqori ochkolar soni; Guruh bahslarida har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinlarda erishilgan toʻplar nisbati; Guruh bahslarida har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinlarda kiritilgan eng koʻp gollar soni; Guruh bahslarida har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinlarda eng koʻp safarda urilgan gollar soni; Agar yuqoridagi kriteriyalar boʻyicha ham jamoalar kuchi teng kelsa, unda quyidagi kriteriyalar boʻyicha gʻolib aniqlanadi; Barcha guruh bahslarida olingan toʻplar nisbati; Barcha guruh bahslarida eng koʻp kiritilgan gollar soni; Penaltilar tepishadi agar har ikki jamoa maydonda oʻynayotgan boʻlsa; Barcha guruh bahslarida eng kam olingan sariq va qizil kartochkalar soni (1 ochko sariq kartochka uchun, 3 ochko qizil kartochka uchun shuningdek 2 ta sariq kartochkaga ham, 4 ochko 1 sariq va 1 qizil kartochka uchun) boʻyicha; Qurʼa orqali.

A guruhi

B guruhi

C guruhi

D guruhi

E guruhi

F guruhi

G guruhi

H guruhi

Pley-off bosqichi

Pley-off bosqichida 16ta jamoa olimpiada sistemasi boʻyicha kuch sinashadi, jamoalar finalga qadar 2 mintaqaga ajratilgan holda belashadi. Uy va safar uchrashuvlarini oʻtkazadi, agar zarurat boʻlsa safarda urilgan gol qiymati, qoʻshimcha vaqt (safarda urilgan gol qiymati qoʻshimcha vaqtda oʻz kuchini yoʻqotadi) va penaltilar seriyasini amalga oshirib gʻolib jamoa aniqlanadi.

Tizim

Nimchorak final Mi,chorak finalda, bir xil mintaqaning bir guruhining 1-oʻrinini olgan jamoa ikkinchi guruhning 2-oʻrinini olgan jamoa bilan kuch sinashishadi, guruhning 1-oʻrinini olgan jamoa 2-javob uchrashuvida mezbonlik qiladi.

Chorak final

!colspan=5|Gʻarbiy Osiyo mintaqasi

!colspan=5|Sarqiy Osiyo mintaqasi

Yarim final Final

Toʻpurarlar Izoh:Futbolchilar ismi va klublar qalin harflar bilan yozilgan boʻlsa, ular hozir ham musobaqada faol.