Jambil tumani — Jambul viloyatining janubi-gʻarbidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 4,300 km2. Aholisi 78,6 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 18,3 kishidan toʻgʻri keladi (2014). Tuman markazi — Asa qishlogʻi.

Aholisi 2014-yilgi statistika boʻyicha tuman aholisi 78,6 ming kishini tashkil qildi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 18,3 kishidan toʻgʻri keladi (2014). Nomlanishi\yil1999-yil2000-yil2001-yil2002-yil2014-yil Jambul tumani 70,3 ming 70,2 ming 71,1 ming 71,3 ming 78,6 ming

Miliiy tarkibi Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, tuman aholisining yarmidan ziyodini qozoqlar tashkil qiladi. Jambul tumanining milliy tarkibi quyidagicha (2014): qozoqlar - 55,417 kishi dunganlar - 7,387 kishi kurdlar - 4,656 kishi turklar - 3,954 kishi ruslar - 3,403 kishi Tatarlar - 869 kishi qirgʻizlar - 801 kishi oʻzbeklar - 753 kishi ozarbayjonlar - 219 kishi boshqalar - 1154 kishi

Tarix 1928-yil Auliye-Ata nomi bilan tashkil topdi. 1936-yilda tuman nomi Mirzoyan nomiga oʻzgartirildi. 1938-yilda esa tumanining hozirgi nomi berildi.

Iqlimi Iqlimi kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –6 – 7 °C, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22°С-26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 250–400 mm.

Manbalar

Turkum:Jambul viloyati Turkum:Qozogʻiston tumanlari