Jamshid Iskanderov yoki Jamshid Iskandarov 1993-yili 16-oktyabrda Urganch shahrida tugʻilgan. Fargʻonaning „Neftchi“ klubi va milliy terma jamoasi tarkibida oʻynaydi, ampulasi yarim himoyachi. U FIFA U-20 Jahon chempionati 2013, AFC Osiyo kubogi 2015 saralash bosqichida hamda AFC Osiyo kubogi 2015 kabi yirik futbol musobaqalarida oʻynaganEurosport ProfileESPNFC profile.

Faoliyati Klub Jamshid 2011-yilning 28-mayida Oʻzbekiston oliy ligasidagi ilk debyutini Samarqandning Dinamo futbol klubi tarkibida boshlagan, oʻshanda Samarqand Dinamo klubi Zarafshonning Qizilqum klubiga qarshi kechgan oʻyinida 57-daqiqada maydonga tushgan edi. 2011-yildan boshlab u Paxtakor tarkibiga qoʻshildi. 2014-yilda u may va oktyabr oylarining eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

2015-yilning 6-martida Oʻzbekiston Professional futbol ligasining 2014-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi Oʻsha yili „Paxtakor“ni asosiy futbolchisiga aylandi va mavsumda yana bitta oʻyin oʻtkazdi. Keyingi mavsum deyarli maydonga tushmaganiga qaramay, klubga birinchi Oʻzbekiston chempionligini olib keldi. 2013-yildan buyon „Paxtakor“ning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi. 2014 va 2015-yilgi Oliy ligada „Paxtakor“ jamoasining chempionligidagi bosh ijodkorlardan biri edi

2018-yilgi mavsum soʻnggida Paxtakor jamoasi bilan oʻzaro shartnomasi yakunlandi va 2019-yil mavsum boshida Toshkentning boshqa bir gigat klublaridan biri „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan. Bir mavsum davomida "Temiryoʻlchilar safida harakat qilgan Iskandarov 2020-yilgi mavsum boshida legioner aylandi va Koreya oliy dvizioni vakili „Seongam FC“ klubiga oʻtdi. Janubiy koreya chempionatida ikki mavsum davomida ancha muvaffaqiyatli harakat qildi. 2022-yilgi mavsum boshida sobiq ustozi Samvel Babayan taklifiga koʻra Namanganning „Navbahor“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va lochinlar safiga oʻtdi. Dastlabki mavsumidayoq jamoasi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishdi, jamoaning ikkinchi toʻpurari, Oʻzbekiston Kubogi finalchisi, Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin va Osiyo chempionlar ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi va 2022-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Terma jamoa milliy terma jamoasi tarkibidagi ilk debyut uchrashuvini 2013-yili 6-sentyabrda 2014-yilgi jahon chempionati uchun kechgan saralash bosqichi doirasida termasiga qarshi oʻynagan. 2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Jamshid Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgunga qadar Oʻzbekiston yoshlar va yoshlar terma jamoasida ham toʻp tepgan.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan. Faoliyat statistikasi Klub

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarDinamo (Samarqand)2011Oʻzbekiston Superligasi20————20Paxtakor2011Oʻzbekiston Superligasi10————10201241————41201321120—51—282201425661———256201511020—40101502016216??—3010256201721230 —20—262201822240—10—272Jami1261871—1512015019Lokomotiv2019Oʻzbekiston Superligasi26610— 6110342Seongam FC2020K liga21030———240202125120———271Jami46150———511Navbahor2022Oʻzbekiston Superligasi26774———3311202326451—92—407202425760——317Jami7718185—92—10425Neftchi2025Oʻzbekiston Superligasi29730———327202682———1092Jami37930——10419Umumiy faoliyat statistikasi30652345003044037461

Yutuqlari

Klub Paxtakor Oʻzbekiston Superligasi chempioni (3): 2012, 2014, 2015 Oʻzbekiston Superligasi kumush medal sohibi: 2018 Oliy liga bronza medali sohibi (1): 2011, 2017 Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011 Oʻzbekiston Kubogi kumush medal sohibi: 2018 Oʻzbekiston Superkubogi Kumush medal sohibi: 2015, 2016

Lokomotiv

Oʻzbekiston Superligasi kumush medal sohibi: 2019 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2019

Navbahor

Oʻzbekiston Superligasi kumush medal sohibi: 2022 Oʻzbekiston Superligasi bronza medal sohibi: 2023, 2024 Oʻzbekiston Kubogi kumush medal sohibi: 2022, 2024

Neftchi

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026

Shaxsiy

Oʻzbekiston eng yaxshi yil oʻyinchisi: 2022 Oʻzbekiston eng yaxshi yil oʻyinchisi ikkinchi oʻrin: 2013 Oʻzbekiston Superligasida yilning eng yaxshi oʻyinchisi: 2014

Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar

Jamshid Iskanderov Transfermarkt saytida

Jamshid Iskanderov kleague saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Seongnam FC futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:K liga 1 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Janubiy Koreyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar