Mash’al – Qashqadaryo viloyati, Muborak shahri futbol jamoasi. Oʻzbekiston Pro ligasi vakili.
Nomlari YillarNomi1982—1984Avtomobilist1984—1992Fakel1992—Mash’al
Tarixi 1982-yilda hali juda yosh sanoat shahri boʻlgan Muborakda korxonalardan birining oʻsha paytdagi rahbari Bahrom Vafoyevning saʼy-harakatlari bilan futbol klubi tashkil etildi. 1-mavsumda Muborak jamoasi viloyat birinchiligi gʻolibi boʻldi va „Fakel“ Sovet respublika chempionatida qatnashishga yoʻllanma oldi. 1992-yilda SSSR parchalanganidan keyin „Mash’al“ mustaqil Oʻzbekiston chempionatida oʻynay boshlaydi. 1994-yilda Birinchi ligada 1-oʻrinni egallab, Oliy ligaga chiqish huquqini qoʻlga kiritgan hamda 1995-1996, 2002—2012 va 2014—2017-yillarda oʻynagan. 2005-yilda kumush, 2007-yilda esa Oliy liganing bronza medali sohibiga aylandi. 2006-yili Oʻzbekiston kubogi finaliga qadar yetib borgan va Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgan. 2014 va 2015-yillardagi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi kubogi sohibi va finalchisi hisoblanadi. 2017-yilgi mavsumda „Mash’al“ 16 ta klub orasida 7-oʻrinni egalladi. Shu yilning oʻzida jamoa Oliy ligada oʻzizning 200-gʻalabasini nishonladi. Ammo, bir qator sabablarga koʻra Oʻzbekiston Superligasida (2018-yilgacha u Oliy liga deb atalgan) ishtirok etish uchun klub oʻyinga qoʻyilmagani uchun 2018-yilgi mavsumda mamlakat futbol divizionida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda (bundan oldin u Birinchi liga deb atagan) boʻlgan Oʻzbekiston Pro-Ligasida oʻynagan. 2018 va 2019-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasida toʻp surgan „gazchilar“ jamoasi 2019-yilgi mavsum yakunida Asror Aliqulov boshchiligida Pro liga gʻolibli boʻlib, Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 2023-yil 26-iyulda jamoaning ramzi, klub logosi oʻzgardi va jamoaga Oʻzbekiston milliy banki homiylik qilishi maʼlum boʻldi.
Mahalliy musobaqalar tarixi
Pro liga 2022—2023-yilgi mavsum 2022—2023-yilgi mavsumni Mashaʼl jamoasi pro liga bahlarida ishtirok etish bilan boshlagan. 15-mart kuni boʻlib oʻtgan pro liganing birinchi tur bahsida Maʼshal jamoasi vakillari Samarqandning Dinamo klubini qabul qilishgan. Oʻyin Samarqandliklarning 3-1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan. Pro liganing 22-mart kuni boʻlib oʻtgan ikkinchi tur bahsida Qoʻqon 1912 jamosi mehmoni boʻlgan Qashqadaryo klubi 1-0 hisobida imkoniyatni boy berishgan. 30-mart kuni boʻlib oʻtgan Pro liganing uchinchi tur bahsida Maʼshal jamoasi Gʻijduvon jamoasini qabul qilib 3-1 hisobida gʻalaba qozonishgan. Mash’al jamoasining Pro ligadagi beshinchi tur bahsi klubning kubokdagi ishtiroki tyfayli boshqa kunga qoldirilgan. 21-aprel kuni pro liganing oltinchi tur bahsida Yunired jamoasini qabul qilgan Maʼshal jamoasi vakillari 2-1 hisobida gʻalaba qozonishgan. 27-aprel kuni boʻlib oʻtgan Pro liganing yettinchi tur bahsida Mash’al jamoasi Navbahor-farm klubi mehmoni boʻlishgan, oʻyin 2-2 hisobuidagi durang bilan yakunlanganhttps://pfl.uz/uzb/m/match/15329. 9-may kuni Pro liganing toʻqqiznchi tur bahsida Maʼshal jamoasi Andijon-SGS jamoasini qabul qilib 3-0 hisobida gaʼlaba qozonishganhttps://pfl.uz/uzb/m/match/15337. Pro liganing toʻqqiznchi turi doirasida Maʼshal jamoasi toshkentning Lokomotiv jamoasi mehmoni boʻlishgan, oʻyin 0-0 hisobidagi nursiz durrang bilan yakunlangan. 24-may kuni Pro liganing qoldirilgan toʻrtinchi tur bahsi oʻtkzilgan. Shoʻrtan jamoasi bilan kuch sinashgan Maʼashal jamoasi vakillari 2-0 hisobida mag\lubiyatga uchrashgan. 28-may kuni Pro liganing oʻninchi tur bahsi doirasida Maʼshal jamoasi Aral jamoasini qabul qilib 2-0 hisobida zafar quchishgan.
Oʻzbekiston kubogi bahslari 2023 Futbol boʻyicha oʻzbekiston kubogi bahslarini Qashqadaryoning mash’al klubi vakillari B guruhida Surxondaryoning Surxon jamoasiga qarshi nursiz durrang bilan yakunlangan bahs orqali boshlashgan. Oʻyin 5-aprel Surxon markaziy oʻyingohida oʻtkazilgan. Oʻzbeksiton kubogi doirasidagi ikkinchi uchrashuvni Mash’al futbolchilari oʻzlarining uy stadiono hisoblanadigan Bahrom Vafoyev nomli stadionda 2-may Qoʻqon-1912 jamoasiga qarshi oʻtkazishgan. Oʻyinda Qashqadaryo jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozonishgan. Oʻzbekiston kubogi bahlarining uchunchi turida Mash’al futbol klubi Qashqadaryoning boshqa nomdor klubi hisoblanmish Nasaf jamoasi bilan bahs olib borgan. 2-iyun kuni oʻtkazilgan bahsda mash’al jamoasi kichik 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Umumiy ochkolor hisobiga koʻra Mash’al jamaosi Oʻzbekiston kubogi bahlarida guruhdan chiqish vazifasini uddalay olmagan. Mash’al jamoasi vakillari Oʻzbekiston kubogining guruh bosqichiga yetib kelgunga qadar Doʻstlik Oltiariqni 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, Gʻijduvon bilan durrang oʻynagan va kubok eshiklarini ochadigan bahsda 4-0 hisobida zafar quchishgan edi. MavsumLigaOʻzbekiston KubogiOFKEng yaxshi toʻpurarMurabbiyDivizionOʻrin.OʻGʻDMUGOʻGOMusobaqaNatijaIsmLiga1993Oʻzbekiston Pro ligasi6th1/16 final Abdurahmon Yumangulov12 Vladimir Nadyarniy199411/16 final Boris Serostanov1995Oʻzbekiston Superligasi143085172458291/8 final Anvar Berdiyev4 Boris Serostanov1996143084182864282-guruh bosqichi Anvar Berdiyev7 Vitaliy Dorofeev1997Oʻzbekiston Pro ligasi642208147158682-bosqich Abdurahmon Yumangulov199873424689650781/16 final Abdurahmon Yumangulov1999534168106641561/16 final Vladimir Lyubushin200023828281033286 Baxtiyor Davlatov36 Bahodir Davlatov200123224448225761/8 final Abduvosit Azizov21 Bahodir Davlatov2002Oʻzbekiston Superligasi103096153653331/16 final Ravshan Bozorov9 Baxtiyor Boboev2003630135124840441/4 final Rustam Qodirov13 Vitaliy Ivanov2004102683152648271/2 final Jasur Boboyev Baxtiyor Davlatov7 Bahodir Davlatov200522619255424591/4 final Shuhrat Mirxoldorshoyev20 Viktor Jalilov20064301866502860FinalOsiyo Chempionlar ligasiGuruh bosqichi Kamoliddin Murzoyev15 Viktor Jalilov Viktor Kumikov200733022446225701/2 final Viktor Klishin Rustam Qodirov14 Viktor Kumikov200843015783826521/4 final Rustam Qodirov8 Viktor Kumikov2009133086163243301/8 final Aleksandr Shadrin5 Genadiy Kochnev Bahodir Davlatov201052610792224371/8 final Nikolay Rindyuk7 Bahodir Davlatov Vladimir Fomichyov2011526124103233401/4 final Zafar Xolmurodov9 Vladimir Fomichyov2012132665152043231/4 final Samandar Shodmonov6 Vladimir Fomichyov2013Oʻzbekiston Pro ligasi13024337616751/4 final Zohir Qoʻziboyev20 Aleksandr Xomyakov2014Oʻzbekiston Superligasi526106103742361/16 final Zohir Qoʻziboyev14 Aleksandr Xomyakov2015730115143742381/8 final Zafar Toʻrayev7 Aleksandr Xomyakov2016830115143541381/4 final Shahboz Erkinov11 Aleksandr Xomyakov2017730128103731441/4 final Humoyun Murtozoyev8 Aleksandr Xomyakov2018Oʻzbekiston Pro ligasi23219675327631/4 final Humoyun Murtozoyev11 Aleksandr Xomyakov201912816764924551/8 final Moʻminjon Meliyev8 Aleksandr Xomyakov Asror Aliqulov2020Oʻzbekiston Superligasi102685132331291/4 final Humoyun Murtozoyev6 Dilyaver Vaniyev2021122658132135231/8 final Samuel Chigozie Ononiwu5 Aleksandr Xomyakov2022Oʻzbekiston Pro ligasi52696114033331/8 final Mykola Ahapov8 Dilyaver Vaniyev20234201046262034Guruh bosqichi Sergey Petrov10 Dilyaver Vaniyev Asror Aliqulov202412616844115561/8 final Humoyun Murtozoyev16 Asror Aliqulov2025Oʻzbekiston Superligasi13308616224830Chorak final Humoyun Murtozoyev8
Yutuqlari Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasi
Kumush medal sovrindori (2005-yil).
Bronza medali sovrindori (2007-yil).
Oʻzbekiston kubogi
Finalchi (2006-yil).
Oʻzbekiston chempionati Pro ligasi
Gʻolib – 3 marta (1994, 2013, 2019, 2024-yillar).
2-oʻrin – 3 marta (2000, 2001, 2018-yillar).
Oʻzbekiston PFL kubogi
Gʻolib (2014-yil).
Finalchi (2015-yil).
OFK musobaqalaridagi ishtiroki 2005-yilgi mavsum yakunida Oʻzbekiston Oliy ligasida sensatsion tarzda ikkinchi oʻrinni egallagan „Mash’al“ 2006-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan birga OFK chempionlar ligasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatini berdi. „Mash’al“ B guruhidan joy oldi va turnir yakuniga muvofiq guruhdagi uchinchi oʻrin bilan turnirdagi ishtirokini yakunladi. 2006-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki „Mash’al“ning hozircha xalqaro turnirlardagi yagona ishtirokidir.
KlubOʻyinGʻal.Dur.Magʻ.UTOʻTFarqOchko Al Ain FC6411106+413 Al-Hilol6312127+510 Mashʻal6222711-48 Al-Mina6024611-52 MusoboqaPldWDLGFGAOsiyo Chempionlar ligasi6222711Umumiy6222711 MavsumMusoboqaBosqichKlubUySafarNatija2006Osiyo Chempionlar ligasiGroup B Al-Minaa2-21-03rd Al Hilal2-10-5 Al Ain1-11-2
BosqichSanaShaharMezbonHisobMehmon"Mash’al" goʻllariB guruh16.03.2006Al-QuvaytAl-Mina 0:1 Mash’alZafar XolmurodovB guruh22.03.2006QarshiMash’al 1:1 Al Ain FCShuhrat MirxoldorshoyevB guruh12.04.2006Ar-RiyodAl-Hilol 5:0 Mash’alB guruh26.04.2006QarshiMash’al 2:1 Al-HilolBotir Qorayev, Zafar XolmurodovB guruh03.05.2006QarshiMash’al 2:2 Al-MinaJasur Hasanov, Shuhrat MirxoldorshoyevB guruh17.05.2006Al AynAl Ain FC 2:1 Mash’alZafar Xolmurodov
Stadion Mash’al oʻz uy uchrashuvlarini Muborakdagi 10 000 tomoshabinga moʻljallangan „Bahrom Vafoev“ nomidagi stadionda oʻtkazadi. U klub faoliyatining dastlabki yillarida (1980-yillar boshida) Bahrom Vafoyev tashabbusi bilan qurilgan.
Uning qurilishiga koʻplab homiylar jalb qilingan, jumladan, Muborak gazni qayta ishlash zavodi. Keyinchalik u bir necha bor rekonstruksiya qilingan.
Qashqadaryo derbisi
„Mash’al“ futbol qarama-qarshiligi boʻlgan „Qashqadaryo derbisi“ning uch ishtirokchisidan biri hisoblanadi. Yaqin vaqtgacha Oʻzbekistonning Qashqaryo viloyatidan mamlakat chempionati Oliy ligasida birdaniga 3 ta shaharning 3 ta klubi: Qarshidan „Nasaf“, Muborakdan „Mash’al“ va Gʻuzordan „Shoʻrtan“ ishtirok etgan.
2018-yildan buyon oliy divizionda faqat "Nasaf" oʻynab kelayotganiga, shu bilan birga 2 ta jamoa quyi ligada toʻp surayotganiga qaramay, ular oʻrtasidagi oʻyinlar „Qashqadaryo derbisi“ maqomiga ega, bu nafaqat Qashqadaryoda, balki butun Oʻzbekistonda qiziqish uygʻotmoqda.
Joriy tarkib .''
Birinchi jamoa tarkibi
U21
U19
Klub hodimlari Murabbiylar shtabi
Bosh murabbiy – Eldor Sakayev Yordamchi murabbiy – Otabek Narzullayev Darvozabonlar murabbiyi – Eldor Isaboyev
Mashhur futbolchilari
Sobiq SSSR davlatlari
Yevropa
Afrika
Janubiy Amerika
Bosh murabbiylari Ismi sharifiFaoliyati davri Vladimir Nadyarniy1993 Boris Serostanov1994—1995 Vitaliy Dorofeev1996 Abdurahmon Yumangulov1997—1998 Vladimir Lyubushin1999 Baxtiyor Boboev2000 Bahodir Davlatov2000—2001 Baxtiyor Boboev2002 Vitaliy Ivanov2003 Bahodir Davlatov2004 Viktor Jalilov2005—2006 Viktor Kumikov2006—2008 Islom Axmedov2009 Gennadiy Kochnev2009 Bahodir Davlatov2009—2010 Vladimir Fomichyov2010—2012 Aleksandr Xomyakov2013—2018 Asror Aliqulov2019 Dilyaver Vaniyev2020 Zoir Toʻraqulov2020 Aleksandr Xomyakov2021 Dilyaver Vaniyev2022—2023 Asror Aliqulov2023—2025 Otabek Narzullayev2025 Igor Surov2026 Eldor Sakayev2026—
Jamoaning Farm klubi Mash’al-2 jamoasi klubning farm jamoasi hisoblanib, klubda muborakliklarning akademiyasi tarbiyalanuvchilari toʻp suradi. Jamoa Oʻzbekiston ikkinchi darajali ligasining oʻn bir mavsumi ishtirokchisi va shu bilan birgalikda mamlakatdagi eng kuchli akademiyalardan biri hisoblanadi.
Yana qarang Oʻzbekiston futbol klublari Osiyo kuboklarida
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti Jamoa tarixi
Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Mashʼal Muborak PFK Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi jamoalari Turkum:Qashqadaryo viloyati futbol klublari Turkum:Muborakda sport Turkum:1984-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar