Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) (, , , , , ; 2021-yilgacha sobiq Turkiy kengash) — turkiyzabon davlatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot. Tashkilotning asosiy maqsadi aʼzo davlatlarning har tomonlama doʻstlik va hamkorlikni rivojlanirishiga qaratilgan. Ushbu tashkilotga 2009-yil 3-oktabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida asos solingan. thumb|300x300px|Havo rangda — aʼzo davlatlar, och havo rangda — Kuzatuvchi davlatlar.
Tarixi 1992-yilda ilk bor "Turkiyzabon davlatlar sammitiʻʻ boʻlib oʻtdi. 2009-yilning 3-oktabr kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya oʻrtasida „Naxichevan kelishuvi“ imzolandi va „Turkiy kengash“ xalqaro tashkilotiga asos solindi. Tashkilot kotibiyati bosh binosi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashishi aniqlab olindi.
Ushbu tashkilotga asos solinishdan avval, 1992-yilda Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Olmaotada „Birlashgan turkiylar tili va sanʼati maʼmuriyati“ga asos solingan edi. 1998-yilda esa Ozarbayjonning Boku shahrida „Turkiyzabon davlatlar parlamentlik assambleyasi“ tashkil etildi. Yaqin kelajakda „Turkiy Kengash“gaTurkmaniston kirishi kutilmoqda.
Yigʻilishlar 2021-yilning 23—24-iyun kunlari Oʻzbekistonning Qoʻqon shahrida Turkiy kengash turizm vazirlarining VI yigʻilishi va Turizm boʻyicha ishchi guruhning XV yigʻilishi oʻtkazildi. 24-iyun kuni turizm sohasidagi vazirlarning yigʻilishida Oʻzbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov taklifiga binoan Qoʻqon shahri Turkiy kengashning turizm poytaxti deb eʼlon qilindi.
Aʼzo davlatlar Davlat Poytaxti Maydoni Aholisi soni (ming) YIM YIM Aholi jon boshiga Boku 86 600 km² 10 073 130 mlrd. doll. 18 500 doll. Toshkent 448 976 km² 37 143 167 mlrd. doll. 2800 doll. Bishkek 198 500 km² 6 389 14mlrd. doll. 1655 doll. Nur-Sulton 2 724 902 km² 20 000 320mlrd. doll. 10000 doll. Anqara 783 562 km² 84 155 1400 mlrd. doll. 13500 doll. Jami: -4 242 540 km² 157 760 11880mlrd. doll. 11000doll. Turkiy Kengashdagi kuzatuvchi davlat
DavlatPoytaxti Aholisi soni Maydoni YIM YIM Aholi jon boshigaBudapesht9 778 37193 036 km²242 mlrd. doll.24 498 doll.Ashxobod5 240 500491 200 km²95,5 mlrd. doll.17 485 doll.25px Shimoliy Qibris Turk RespublikasiLefkosiya3 300 km²294 9001.7 mlrd. doll.10 095 doll.
Tashkilot sohalari Istanbul kotibiyati Prezidentlar kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashi Yuqori martabalilardan tashkil topgan komitet Turkiyzabon davlatlar oqsoqollari kengashi Bokudagi parlament assambleyasi Ostonadagi turkiy akademiya Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti
Tashkilot bosh kotiblari Xalil Aqinchi 3.10.2009 16.09.2014 Ramil Hasanov 16.09.2014 3.09.2018 Bagʻdod Amreyev 3.09.2018 2022Kubanichbek Omrualiyev2022hozirgi kunga qadar
Yana qarang
Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti Turkiy xalqlar Turkiy tillar
Manbalar
Havolalar Tashkilot rasmiy sayti Naxchivon kelishuvi
Turkum:Xalqaro tashkilotlar Turkum:Turkiy davlatlar Turkum:Turkiy tillar Turkum:Vengriya Turkum:Oʻzbekiston tashqi siyosati Turkum:Turkiyaning tashqi siyosati Turkum:Qirgʻizistonning tashqi siyosati Turkum:Ozarbayjon tashqi aloqalari Turkum:Qozogʻistonning tashqi siyosati Turkum:Turkmanistonning tashqi siyosati Turkum:Turkiy tilli davlatlarning xalqaro tashkilotlari