Akbar Toʻrayev (; 1989-yili 27-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, ampluasi darvozabon, Fargʻonaning Neftchi futbol klubi aʼzosi hisoblanadi.
Faoliyati Akbar Toʻrayev 2007-yildan beri faqat bitta Bunyodkor klubida oʻynab kelmoqda. Klubdagi ilk professional debyut oʻyinini 2010-yilning 26-iyunida Oʻzbekiston kubogi musobaqasida Andijonning Andijon klubiga qarshi kechgan oʻyinda oʻtkazganBunyodkor Andijon uchrashuvi hisoboti. Oʻzbekiston chempionatidagi ilk uchrashuvini esa 2012-yilning 17-noyabrida Zarafshonning Qizilqum klubi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan, oʻshanda u zaxiradan maydonga tushgan ediBunyodkor Qizilqum uchrashuvi hisoboti.
U koʻpicha klub zaxira oʻrindigʻida qolib ketar edi, faqat 2014-yilga kelib u Bunyodkorning asosiy darvozaboniga aylandi va oʻsha mavsumda u 16ta oʻyinda qatnashdi, shulardan 5 tasi Oʻzbekiton kubogi uchrashuvlari, 4 tasi esa Osiyo chempionlar ligasi oʻyinlari hisasiga toʻgʻri keladi. 2020-yilgi mavsumda Termizning „Surxon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Terma jamoadagi faoliyati Toʻrayev Oʻzbekiston yoshlar va olimpiyada terma jamoasida qatnashib ancha tajriba orttirgan.
Akbar Toʻrayev milliy terma jamoasi safiga zaxira darvozabon sifatida ilk bora 2012-yilning fevral oyida chaqirildi. Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini esa 2014-yilning 10-oktyabr kuni terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazganOʻzbekiston Bahrayn oʻyini hisoboti.
Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov Akbar Toʻrayevni 2015-yilgi Osiyo kubogi musobaqasida qatnashish uchun terma jamoa safiga qoʻshib oldi.
Statistikalar Klub 2026-yil 11-may kungi maʼlumotlar boʻyicha olindi. KlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaviyBoshqaUmumiyDivizionIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolBunyodkor2010Oliy liga—10——102011—30——30201210———102013————0020141605050—2602015802060—3020161020——30Umumiy260130110—500OKMK2017Oliy liga70———70Navbahor2018Oliy liga17010——180OKMK2019Oliy liga50—10—60Surxon2020Oliy liga130———130Umumiy4201010—440Neftchi2021Pro liga14020——1602022Oliy liga16030——190202311010——12020243000——3020250010——100010000010Umumiy44080——510Jaʼmi faoliyatida1120220120001460
Xalqaro Oʻzbekiston terma jamoasiYilIshtGol201420Umumiy20 2014-yil 18-noyabrdagi maʼlumotlar boʻyicha
Yutuqlar
Klub Bunyodkor Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2010, 2011, 2013 Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2012 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2010, 2013 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 20214
Navbahor Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin sohibi: 2018
OKMK Oʻzbekiston Superkubogida ikkinchi oʻrin sohibi: 2019 Oʻzbekiston Kubogida ikkinchi oʻrin sohibi: 2019 Oʻzbekiston Liga kubogida ikkinchi oʻrin sohibi: 2019
Neftchi
Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2021 Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026
Manbalar
Havolalar Akbar Toʻrayev Soccerway saytida futbolchi profili Akbar Toʻrayev Footballfacts saytida futbolchi profili Akbar Toʻrayev FCbunyodkor saytida futbolchi profili Akbar Toʻrayev Milliy terma jamoalar saytida futbolchi profili
Turkum:27-avgustda tugʻilganlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari