Uzreport TV — Oʻzbekistondagi nodavlat informatsion telekanal. 2014-yilning 28-aprel kuni Oʻzbekiston hududida efirga uzatilishi boshlangan. Ushbu telekanal 1999-yilda tashkil etilgan «UzReport» informatsion agentligiga qarashli hisoblanadi. Dunyoning 100dan ortiq davlatida nomoyish qilinadi. Telekanalni televizorga ulangan raqamli TV-tyuneri, internet, shuningdek Androidli planshet va smartfonlar orqali tomosha qilish mumkin.

Telekanal oʻzbek tilidan tashqari, rus va ingliz tilini ham ishlatadi. Ushbu telekanalda har soatda yangilanib turadigan siyosiy, madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy va sport yangiliklari uzatiladi. Shuningdek telekanal efirida analitik koʻrsatuvlar, har xil sohalar haqidagi koʻrsatuvlar, intervyular va boshqa maʼlumotlar yetkaziladiНегосударственный телеканал "Uzreport TV" все более уверенно заявляет о себе - Kultura.uz.

2017-yilda oʻzining yangi telekanali Futbol TV telekanalini ishga tushirdi.

2018-yil 15-aprelda FIFA Jahon chempionati 2018 translyatsiya huquqini qoʻlga kiritdiUZREPORT telekanali jahon chempionatini translyatsiya.

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti - uzreport.news Uzreport TV Jonli efir - Gotv.uz

Turkum:Televideniye Turkum:Oʻzbekiston telekanallari Turkum:Oʻzbek tilidagi telekanallar Turkum:Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalari Turkum:Toshkentdagi kompaniyalar