right|200px|thumb|Mustafo Kamol Otaturk Otaturkchilik yoki Kemalizm (turk. Atatürkçülük) – Mustafo Kamol Otaturk tomonidan ilgari surilgan turk milliyligi mafkurasidir. Hozirga qadar ushbu mafkura Turkiya Respublikasida rasmiy maqomga ega hisoblanadi. Otaturkchilikning hozirgi tarafdorlari ushbu mafkurani rivojlanayotgan mamlakatlar uchun eng mos keladigan model deb bilishadi.
Otaturkchilik mafkurasining asosini olti oʻq (turk. Altı Ok) tashkil etadi. Ilk toʻrtta „oʻq“ 1927-yilda yaratilgan. 1931-yilda esa yana ikkita „oʻq“ qoʻshilib hozirgi koʻrinishga kelgan. 1937-yilda „olti oʻq“lar Turkiya Respublikasi Konstitutsiyasi orqali tasdiqlangan.
Olti oʻq ushbu mezonlardan tashkil topgan: „Respublikachilik“ (turk. Cumhuriyetçilik) „Millatchilik“ yoki „Milliychilik“ (turk. Milliyetçilik) „Xalqchilik“ (turk. Halkçılık) „Dunyoviylik“ (turk. Laiklik) „Davlatchilik“ (turk. Devletçilik) „Inqilobchilik“ (turk. İnkılapçılık). Manbalar
Turkum:Mustafa Kemal Atatürk Turkum:Siyosiy mafkuralar Turkum:Turkiyada siyosat Turkum:Eponim siyosiy mafkuralar Turkum:Statizm Turkum:Turk millatchiligi Turkum:Davlat mafkuralari