Ziyoda Qobilova — oʻzbek kino aktrisasi va qoʻshiqchisi. Tinglovchilari orasida shunchaki Ziyoda nomi bilan mashhur. Ziyoda oʻzbek va arab tillarida qoʻshiq kuylaydi.Oʻzbekiston hududidan tashqarida ukrain qoʻshiqchisi Ruslananing „Wild Dances“ („Yovvoyi raqslar“) qoʻshigʻini aytib tanilgan. Ziyoda bir nechta oʻzbek filmlarida rol oʻynagan.

Hayoti Ziyoda Oʻtkirovna Qobilova 1989-yil 7-yanvarda Toshkentda tugʻilgan. Baʼzi manbalarda 1989-yil tugʻilgan deb koʻrsatilgan. Baʼzi manbalarda esa 1987-yil tugʻilgan deb yozilgan Ziyoda bolaligidan Yulduz Usmonovaning qoʻshiqlarini kuylab yurgan. Maktabdan soʻng xonanda Hamza nomidagi musiqa kollejiga, soʻngra Oʻzbekiston Davlat Sanʼat institutiga oʻqishga kirgan..

Shaxsiy hayoti Turmush oʻrtogʻi „Sevadi yorim mani“ nomli qoʻshigʻida klipida suratga tushgan ismi Eldor. 2013-yilning 23-oktyabrida Eldor va Ziyodaning Komron ismli oʻgʻli dunyoga keldi. Singlisi qoʻshiqchi Aziza Qobilova.

Ijodi Musiqa Ziyoda Oʻzbekistonda ilk bor 2004-yil "AkfaMedia"da Ruslananing „Wild Dances“ qoʻshigʻini oʻzbekcha „Sevmaganman“ deb aytib shuhrat qozongan. Birinchi albomi 2008-yil chiqarilgan. Uning musiqasini „Oʻrta Osiyo, Arabiston va Gʻarbning nuqsonsiz va zamonaviy aralashmasi“ deb taʼriflashadi 2007-yil Ziyoda Oʻzbekistondagi eng yaxshi ayol qoʻshiqchi deb topilgan..

Eng mashhur qo‘shiqlari Quyida MuzFM.org saytida Ziyodaning 10 ta eng mashhur qo‘shiqlari ro‘yxati keltirilgan:

Tor ku cha Kelibdi U meni deb Qora atirgul (Xamdam Sobirov bilan) Yonimda Jim Zara Kulib qoy Maylida Tamara

Diskografiyasi Studiyaviy albomlari Ziyoda hozirgi kungacha 3 studiyaviy albom chiqargan:

„Yuragimsan“ (2008) „Baxt toʻla“ (2010) „Sodda qiz“ (2012)

Kliplari Yil Qoʻshiq Rejissor "Ichim yonar" "Begonaman" "Dugonalar" "Bahor" "Tinch qoʻygin meni" "Darding" "Dekaram tu" "Hattuba" "Ota" "Pepsi (gimn)" (Ulugʻbek Rahmatullayev va Munisa Rizayeva bilan) "Dukur—dukur" 2006 "Hay layli" "Hayotim bu" Yodgor Nosirov "Sevmaganman" Yodgor Nosirov2007 "Goʻzalim" (Nigora va Bojalar bilan) "Parvona" 2008 "Yuragimsan" "Zardalaringni" "Zormande" (Jahongir Foziljonov bilan) "Sabbai sayyod (Sayding qoʻyaber sayyod)" Sardor Rasulov "Ey muhabbat" Sardor Rasulov "Talpinadi yuragim" (Jahongir Foziljonov bilan) soundtrack “Nortoy” "Xayolimni olma" (Ulugʻbek Rahmatullayev bilan) Rustam Murodov "Super kelinchak" soundtrack “Super kelinchak” "Yoʻllarim" "Har soniya" 2009 "Negadir" soundtrack “Ichkuyov”2010 "Hatuba, I am a Disco Dancer" (Aziz Rametov va Otabek Mutalxoʻjayev bilan) «Ali bobo va 40 qaroqchi» va «Disco raqqosi» kinofilmlaridan qoʻshiqlar (soundtrack “Ada emas dada! Tohir va Zuhra 2 yangi talqinda”) "Sevib qol" "Oʻynaganda janon" "Soʻrab koʻr" (Davron Ergashev bilan) "Kichkina xoʻjayin" (Alisher Uzoqov bilan) soundtrack “Kichkina xoʻjayin” "Erka oshiqlar" (Otabek Mutalxoʻjayev bilan) "Dunyo" (Sirojiddin Xojiyev bilan) soundtrack “Firibgar” "Baxt toʻla" "Shaddod qiz" soundtrack “Shaddod qiz”2011 "Oʻrgilay oʻzim" (Mirjamol bilan) Narimon Sultonxoʻjayev soundtrack „Mening akam boʻydoq“ "Vatan" Sarvar Karimov, Izatulla Lutfullayev "Sevaman" "Onajonim" "Sevmasam boʻlmaydida" "Kun tong" "Nega-nega" "Seni sevaman" (Ruhshona va Marka bilan) soundtrack “Uchrashuv” "Orzularim" "Andijonlik mehmon" (Ruhshona va Umidaxon va Jahongir Foziljonov bilan) soundtrack “Andijonlik mehmon” "Qora koʻzlar" "Sodda qiz" 2012 "Mazim" "Bolalar uyining bolasi" "Gul edim" soundtrack “Tubanlik” "Oqibat" soundtrack “Oqibat” "Qaynona" soundtrack “Super qaynona” "Hali-hali" 2013 "Sevadi yorim mani" Sarvar Karimov "Oʻzingda-oʻzingda" Rustam Murodov "Olaver" (Jahongir Foziljonov bilan) 2014 "Assalomu aleykum" Narimon Sultonxoʻjayev "Xayolim" Yodgor Nosirov "Asalim" Sarvar Karimov "Kim bilar" soundtrack “Erkatoy”2015 "Yaxshi qol" Sarvar Karimov "Ana hey" soundtrack “Onasini bolasi” "Oʻyna-oʻyna" 2016 "Ikkimiz" "Jononim mani" Sarvar Karimov"Jim""Sodda qiz""Kim bilar"soundtrack "Kim bilar"2017"Meni sev" (Ulug`bek Rahmatullaev bilan)"Yana ish"2018"Top-top""Mazza-mazza""Sen baxtim""Vatan" (Shaxriyor bilan)soundtrack "Vatan"2019"Tamara""Yonimda""Qo`shnilar" (VIA "Marokand" bilan)2020"Qora atirgul" (Hamdam Sobirov bilan)soundtrack "Qora atirgul""Onajonim"2021"Tor ko`cha""Ko`zlarida olov" (Shohruhxon va Munisa Rizaeva bilan)2022"Meni deb""Mehr"2023"Kulib qo`y"Jamshid Isakhodhayev2024"Montana""Radjabov production"2025"Xayr dema"Jamshid Isakhodhayev"Dalalar""Ko`chalar"2026"Ko`ra olmaysiz"Yodgor Nosirov"Fark et"Jamshid Isakhodhayev

Filmografiyasi Aktrisa Yil Film nomi Rol Izoh 2006 Asal qopqogʻi 2007 Boyvachcha 2008 Nortoy Ziyoda 2008 Madagaskar 2 (oʻzbekcha tarjimasi) Ovoz bergan 2009 Achchiq hayot 2009 Qalbaki dunyo Ziyoda Kameo 2010 Ada emas, dada! Tohir va Zuhra 2 yangi talqin Ziyoda Kameo 2010 Kichkina xoʻjayin Ziyoda Kameo 2010 Bekorchilar makoni Feruza 2011 Enagalar 2011 Uchrashuv Ziyoda 2013 Ijarachilar Shahnoza

+ Kliplar Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol 2008 Bojalar «Qora choy» 2010 Bojalar «Oʻzbegim» Ziyoda 2011 Oybek va Nigora «Sen meni sevasanmi?» Ziyoda

Manbalar

Havolalar Sirlarini fosh qilgan Ziyoda Ziyoda: Men oʻjar emasman

Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar