Manak (, ) — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Xoʻjaobod tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan. Avvalgi nomlari: Moʻnak, Monok. Shaharcha XVII asrda tashkil topgan boʻlib, ilk bor 1866-yilda eslatilgan.
Etimologiyasi Manak soʻzi u yerdagi Manak Ota togʻi bilan bogʻliq. „Manak“ bu qadimgi qarluq-chigil lahjasida „Boʻlak“ soʻzining oʻzgargan dialektik shakli ekanligi taxmin qilinadi. Yaʼni togʻ oʻzi yakka turgani uchun Boʻlak togʻ maʼnosida „Moʻnak togʻ“ deb atalgan. Asta-sekin togʻ atrofida aholi manzilgohlari paydo boʻlib, bu joylarga „Moʻnak“ nomi berilgan. Bora-bora bu soʻz „Manak“ga aylanib ketgan. Geografiyasi Manak shaharchasi Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida joylashgan.
Atrofdagi hududlar Shaharcha atrofida Karnaychi, Dilkushod, Orday, Qaroqchi va Toʻraobod kabi qishloqlar joylashgan.
Relyefi Manakning janubiy tarafida Chilustun togʻlari, janubi-sharqiy tarafida Kerme-Too togʻi mavjud. Shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Manak-Ota togʻi qadimiy boʻlib, mahalliy aholi tomonidan ziyoratgoh sifatida eʼzozlanadi. Hudud asosan past va tekis yerlardan iborat, sharqiy tarafi gʻarbiy qismidan balandroq joylashgan. Shaharchaning balandligi dengiz sathidan 740 metrni tashkil etadi.
Suv manbalari Shaharchadan Savay oqova suv arigʻi oqib oʻtadi. Bu ariq Janubiy Fargʻona kanalining tarmoqlaridan biri boʻlib, gʻarbiy tarafdagi yerlarni sugʻoradi va aholi ehtiyojlari uchun xizmat qiladi. Suv sharqiy mahallalardan oqib oʻtuvchi ariqlar orqali ham keladi. Janubiy tomonda esa asosan Dilkushod, Toʻraobod va Karnaychi qishloqlari foydalanadigan Qirgʻiz-ariq arigʻi oqadi.
Maʼmuriy boʻlinishi Maʼmuriy jihatdan Manak uchta mahalla fuqarolar yigʻini (MFY) ga boʻlinadi: Nishobboʻyi MFY Manak MFY Guliston MFY
Shaharchadagi asosiy koʻchalar: Yuqori, Ravdon, Nishobboʻyi, Bogʻ, Andijon, Toshloq, Oltin meros, Qadriyat va Dilobod.
Aholisi 2023-yil holatiga koʻra aholi soni 13 000 dan ortiq boʻlib, asosiy milliy tarkibni oʻzbeklar tashkil etadi. Aholi chorvachilik, dehqonchilik va kichik tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. Diniy tarkibi: Aholining 100%i musulmonlardir. Shaharchada 2023-yilda qayta qurilgan va bir vaqtning oʻzida 1000 kishini sigʻdira oladigan katta Manak jome masjidi faoliyat yuritadi.
Iqtisodiyoti Tuprogʻi boʻz va unumdor boʻlganligi sababli, asosan paxta va gʻalla yetishtiriladi. Shaharchada bogʻdorchilik rivojlangan, asosan olma va gilos bogʻlari ustunlik qiladi.
Ekologiyasi Soʻnggi yillarda Manak shaharchasi va uning atrofida ekologik vaziyat oʻzgarib, atmosferaning ifloslanish darajasi ortib bormoqda. Havoning ifloslanishiga asosiy sabab sifatida hududga yaqin joylarda yangi sanoat obyektlari, xususan, **sement ishlab chiqarish zavodlari**ning qurilishi va faoliyat yurita boshlagani koʻrsatilmoqda. Ushbu zavodlardan havoga tarqalayotgan chang va turli zarrachalar shaharcha ekotizimiga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda.
Taʼlim Hozirgi kunda Manak shaharchasida taʼlim tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 2 ta umumtaʼlim maktabi (jumladan, 5- va 26-maktablar) 1 ta litsey 1 ta davlat tasarrufidagi MTM hamda koʻplab xususiy MTMlar
Fotogalereya
Manbalar