Yevro-2016 ( yoki EURO 2016) – Futbol boʻyicha oʻn beshinchi Yevropa chempionati. Musobaqa 2016-yilning 10-iyunidan 10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan. Mazkur musobaqada Ispaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. Biroq Italiya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtgan final bahsida Portugaliya terma jamoasi Fransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi marta Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.
Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birga chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan.
Fransiya 2010-yilning 28-mayida 2016-yilgi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritgan. Musobaqa mezbonligi uchun raqobatda Turkiyani magʻlub etgan. Oʻyinlar oʻnta shahardagi oʻnta stadionda boʻlib oʻtgan: Bordeaux, Lens, Villeneuve-d’Ascq, Décines-Charpieu, Marsel, Nice, Parij, Saint-Denis, Saint-Étienne va Tuluza.
Musobaqada gʻalaba qozongani uchun Portugaliya 2017-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Chempionat mezbonini aniqlash
2009-yil 9-martga qadar 4 mamlakat musobaqani oʻz maydonida qabul qilish istagini bildirgan. Fransiya, Italiya va Turkiya yakka, Norvegiya va Shvetsiya esa birga mezbonlik qilish taklifi bilan UEFAga murojaat qilishgan. Norvegiya va Shvetsiya 2009-yil dekabr oyida takliflarini qaytarib olishgan.
Musobaqa mezboni 2010-yil 28-may kuni aniqlangan. +Ovoz berish natijalari Davlat Tur 1 (ochkolar) 2 (ovozlar) 43 7 38 6 23 - Jami 104 13
1-tur: UEFA Ijroiya qoʻmitasining oʻn uch aʼzosining har biri 3 ta taklifni birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarga joylashtirib chiqqan. Birinchi oʻrindagi davlatga 5 ochko, ikkinchi oʻrin uchun 2 ochko va uchinchi oʻrin uchun 1 ochko berilgan. Mezbonlikka daʼvogar davlat fuqaroligiga ega boʻlgan rasmiy shaxslar ovoz berish jarayonida ishtirok etishmagan. 2-tur: Xuddi shu oʻn uch aʼzodan iborat qoʻmita ikki mamlakat (Fransiya va Turkiya)dan biriga ovoz bergan.
Saralash bosqichi thumb| 2014-yil 23-fevralda Nicedagi Palais des Congrès Acropolis saroyida saralash bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtgan. Birinchi tur bahslari 2014-yilning sentyabr oyida oʻtkazilgan.
53 ta jamoa 23 ta oʻrin uchun kurash olib borgan. Fransiya musobaqa mezboni sifatida avtomatik tarzda guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Gibraltar 2013-yilda UEFAga aʼzo boʻlganidan beri birinchi marta Yevropa chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan. Savatchalar UEFA koeffitsientlar jadvali asosida shakllantirilgan. Yevro-2012 chempioni Ispaniya va mezbon Fransiya terma jamoalari avtomatik ravishda birinchi savatchadan oʻrin egallashgan.
Saralash bosqichida 53 ta terma jamoa 9 ta guruhga ajratildi. 8 ta guruhning har biridan 6 tadan jamoa oʻrin olgan. 9-guruhda esa 5 ta jamoa chempionat yoʻllanmasi uchun kurash olib borgan. Guruh gʻoliblari, ikkinchi oʻrin egalari va bitta eng yaxshi uchinchi oʻrin egasi toʻgʻridan toʻgʻri Fransiyada oʻtkazilgan musobaqaning guruh bosqichiga yoʻllanma olishgan. Uchinchi oʻrinni egallagan qolgan sakkizta jamoa esa soʻnggi toʻrtta yoʻllanma uchun ikki oʻyinli pley-off bahslarida oʻzaro kurash olib borishgan.
2012-yilning mart oyida oʻsha paytdagi UEFA bosh kotibi Gianni Infantino saralash musobaqasinining „zerikarli“ boʻlib qolmasligi uchun musobaqa formatini qayta koʻrib chiqish kerakligini taʼkidlab oʻtgan. 2011-yil sentyabrida UEFAning yigʻilishida Michel Platini ikki guruh bosqichidan iborat saralash musobaqasi formatini taklif qilgan, biroq tashkilotga aʼzo mamlakatlar bu taklifni qabul qilmagan edi. 2013-yilning may oyida Platini 2013-yil sentyabr oyida Dubrovnikda boʻlib oʻtadigan UEFA ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida yuqorida taklif etilgan format yana muhokama qilinishini maʼlum qildi.
Saralash bosqichidan oʻtgan terma jamoalar Yevro-2012 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan oʻn oltita jamoadan oʻn uchtasi (mezbon Fransiya ham) 2016-yilgi chempionatga ham yoʻllanma olishdi. Angliya terma jamoasi saralash bosqichini magʻlubiyatsiz yakunlab (10 ta oʻyinda 10 ta gʻalaba), amaldagi Yevropa chempioni – Ispaniya va jahon chempioni – Germaniya terma jamoalari qatorasiga 12-marta Yevropa chempionati guruh bosqichiga yoʻllanma olishgan.
Ruminiya, Turkiya, Avstriya va Shveysariya 2012-yildagi chempionatni oʻtkazib yuborishgan edi. Belgiya uzoq tanaffusdan soʻng (soʻnggi marta 2000-yilgi Yevropa chempionatida mezbon sifatida ishtirok etishgan edi) yana Yevropa chempionatida ishtirok etish huquqiga ega boʻlishgan. Vengriya 44 yillik tanaffusdan soʻng (soʻnggi ishtirok Yevro-1972 turnirida boʻlgan) guruh bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.
Toʻrtta jamoa mazkur Yevropa chempionatida oʻz debyutini amalga oshirgan: Albaniya, Islandiya, Shimoliy Irlandiya va Uels. Shimoliy Irlandiya va Uels terma jamoalari ilgari jahon chempionatida ishtirok etishgan, Albaniya va Islandiya esa shu paytgacha birorta yirik turnirda qatnashmagan edi. Slovakiya terma jamoasi Chexoslovakiya davlati davrida uchta Yevropa chempionati va sakkizta jahon chempionatida ishtirok etgan. 2016-yilgi Yevropa chempionati mustaqil davlat sifatida ular uchun ilk yirik turnir hisoblangan. Avstriya va Ukraina birinchi marta saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan. Avval ular mezbon sifatida (mos ravishda 2008 va 2012-yillarda) musobaqalarda ishtirok etishgan edi.
Shotlandiya Britaniya orollari tarkibiga kiruvchi saralash bosqichidan oʻta olmagan yagona jamoa boʻldi. Shimoliy Irlandiya va Irlandiya Respublikasi terma jamoalari ilk marta bir vaqtda guruh bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. 2004-yilda chempion boʻlgan Gretsiya oʻz guruhida soʻnggi oʻrinni egallab, 2000-yildan beri birinchi marta saralashdan oʻta olmadi. Yana ikki sobiq chempion – Gollandiya (1988) va Daniya (1992) ham guruh bosqichiga chiqa olishmadi. Gollandiya termasi Yevro-1984dan beri birinchi marta saralashdan oʻta olmadi. Daniya pley-off bosqichida Shvetsiyaga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi va 2008-yildan beri ilk marta Yevropa chempionatining guruh bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kirita olmagan. Jamoa Saralash bosqichida qayd etgan natijasi Yoʻllanma qoʻlga kiritilgan sanaOldingi musobaqalardagi ishtiroki 28-may, 2010-yil 8 (1960, 1984, 1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2016) E guruhi gʻolibi 5-sentyabr, 2015-yil 8 (1968, 1980, 1988, 1992, 1996, 2000, 2004, 2012) A guruhi gʻolibi 6-sentyabr, 2015-yil 8 (1960, 1976, 1980, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012) A guruhida 2-oʻrinni egallagan 6-sentyabr, 2015-yil 0 (debyut) G guruhi gʻolibi 8-sentyabr, 2015-yil 1 (2008) F guruhi gʻolibi 8-oktyabr, 2015-yil 0 (debyut) I guruhi gʻolibi 8-oktyabr, 2015-yil 6 (1984, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012) C guruhi gʻolibi 9-oktyabr, 2015-yil 9 (1964, 1980, 1984, 1988, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012) E guruhida 2-oʻrinni egallagan 9-oktyabr, 2015-yil 3 (1996, 2004, 2008) H guruhi gʻolibi 10-oktyabr, 2015-yil 8 (1968, 1980, 1988, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012) B guruhi gʻolibi 10-oktyabr, 2015-yil 4 (1972, 1980, 1984, 2000) B guruhida 2-oʻrinni egallagan 10-oktyabr, 2015-yil 0 (debut) F guruhida 2-oʻrinni egallagan 11-oktyabr, 2015-yil 4 (1984, 1996, 2000, 2008) I guruhida 2-oʻrinni egallagan 11-oktyabr, 2015-yil 0 (debyut) D guruhi gʻolibi 11-oktyabr, 2015-yil 11 (1972, 1976, 1980, 1984, 1988, 1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012) D guruhida 2-oʻrinni egallagan 11-oktyabr, 2015-yil 2 (2008, 2012) G guruhida 2-oʻrinni egallagan 12-oktyabr, 2015-yil 10 (1960, 1964, 1968, 1972, 1988, 1992, 1996, 2004, 2008, 2012) C guruhida 2-oʻrinni egallagan 12-oktyabr, 2015-yil 3 (1960, 1976, 1980) H guruhida 2-oʻrinni egallagan 13-oktyabr, 2015-yil 4 (1996, 2004, 2008, 2012) Eng yaxshi 3-oʻrin egasi 13-oktyabr, 2015-yil 3 (1996, 2000, 2008) Pley-off gʻolibi 15-noyabr, 2015-yil 2 (1964, 1972) Pley-off gʻolibi 16-noyabr, 2015-yil 2 (1988, 2012) Pley-off gʻolibi 17-noyabr, 2015-yil 5 (1992, 2000, 2004, 2008, 2012) Pley-off gʻolibi 17-noyabr, 2015-yil 1 (2012)
Qurʼa tashlash marosimi Guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 12-dekabr kunida Parijdagi Kongre de la Porte Maillot saroyida boʻlib oʻtgan. 24 ta terma jamoadan oltita guruh shakllantirilgan. Har bir guruhda toʻrttadan terma jamoa oʻrin olgan. Mezbon Fransiya avtomatik ravishda A guruhiga joylashtirilgan. Qolgan jamoalar quyidagicha savatlarga joylashtirilgan: 1-savatda 5 ta jamoa, 2-3- va 4-savatlarda 6 tadan jamoa. Ispaniya chempion sifatida 1-savatdan oʻrin olgan, qolgan 22 jamoa esa UEFA tomonidan 2015-yil 14-oktyabrda eʼlon qilingan koeffitsientlar jadvaliga muvofiq keyingi oʻrinlarga joylashtirilgan. +1-savatJamoa37,962240,236135,963335,138434,4425+2-savatJamoa34,345631,345931,2541030,9321130,6421230,31314+3-savatJamoa29,4031529,0281628,3061728,0381827,1711927,14220+4-savatJamoa27,0332226,9022325,3882724,5312823,2163122,96133
Jamoalar ketma-ket „A“dan „F“gacha boʻlgan guruhlarga taqsimlandi. Dastlab, 1-savatdan oʻrin olgan jamoalar oʻz guruhlaridagi birinchi oʻrinlarga, keyin esa qolgan jamoalar oʻz guruhlarida oʻzlari oʻrin olgan savatga mos raqamli oʻrinlarga joylashtirildi. +A guruhi Jamoa +B guruhi Jamoa +C guruhi Jamoa +D guruhi Jamoa +E guruhi Jamoa +F guruhi Jamoa
Stadionlar Musobaqa uchun oʻnta stadion tanlab olindi. Dastlab, 2010-yil 28-mayda fransuzlarning UEFAga yuborgan taklifida 12 ta stadiondan foydalanish koʻzda tutilganligi qayd etilgan edi. 2011-yil may oyining oxirigacha ushbu miqdor toʻqqiztagacha qisqartirilishi kerak edi, ammo 2011-yil iyun oyida oʻn bitta stadiondan foydalanish mumkinligi aytib oʻtilgan. Musobaqada foydalaniladigan stadionlar Fransiya futbol federatsiyasi tomonidan tanlanishi kerak edi.
Yettita stadion nomi allaqachon aniq edi: Stade de France, Lill metropolisi (Villeneuve-d'Ascq), Décines-Charpieu (Lion metropolisi), Nice, Bordeaux va ikki katta shahardagi (Parij va Marsel) stadionlar. Strasburg quyi ligaga tushib ketganidan keyin moliyaviy sabablarga koʻra bu klubning stadioni roʻyxatdan chiqarildi. Natijada, Lens va Nancy shaharlaridagi maydonlar musobaqada foydalanish uchun tanlab olindi. Tuluza va Saint-Étienneda joylashgan stadionlar zaxira varianti sifatida olib qoʻyildi.
2011-yil iyun oyida jamoalar soni 16 tadan 24 taga koʻpaytirilganligi sababli oʻyinlar oʻtkaziladigan stadionlar soni ham 11 taga yetkazildi. Shundan soʻng, yuqorida nomlari qayd etilgan zaxiradagi maydonlar ham asosiy roʻyxatga qoʻshildi. 2011-yilning dekabr oyida, Nancy shahridagi stadionda taʼmirlash ishlari toʻxtatilgandan soʻng, mezbonlar oʻyinlarni oʻnta stadionda oʻtkazishini maʼlum qilishgan.
Ehtimoliy variantlardan yana 2 tasi: Nantesdagi Stade de la Beaujoire va Monpellierdagi Stade de la Mosson (ikkalasidan ham 1998-yilgi jahon chempionati vaqtida foydalanilgan) Yevro-2016 oʻyinlarini oʻtkazish uchun tanlab olinmagan. Yakuniy roʻyxat UEFA Ijroiya qoʻmitasi tomonidan 2013-yil 25-yanvarda tasdiqlangan.