„Qoʻrqoq“, toʻliq nomi „Qoʻrqoq: Besh daftardan iborat roman“ () – rus yozuvchisi Lev Nikulin qalamiga mansub roman. Nikulin romanni 1960-yil yozib tugatgan. Romanni Mirziyod Mirzoidov oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
„Qoʻrqoq“ romani Nikulinning eng taniqli romanlaridan biridir. Roman uchun Yu. M. Nagibin va Ye. F. Knipovichlar taqriz yozgan.
Asar besh boʻlimga boʻlingan. Shuning uchun ham „Besh daftardan iborat roman“ deb nomlangan. Asarning bosh qahramoni Sergey Shcheglov gestapoda qiynoqqa tutiladi va qoʻrqoq boʻlib qoladi.
Syujeti Bosh qahramon Sergey Shcheglovni gestapo qiynoqqa tutadi. Natijada u qoʻrqoq boʻlib qoladi, sevgan yori Rozini tashlab qochadi. Yashirin tashkilot aʼzosi Deniza ismli qizning payiga agentlar tushganini koʻradi, ammo uni ogohlantirishdan qoʻrqadi. Natijada bir necha kishi natsistlar qoʻlida halok boʻladi. Koʻp qiyinchiliklarga duchor boʻlgan Shcheglov Rossiyadan kelgan sayyohlarni uchratib qolgunicha xor-zorlikda kun kechiradi.
Qahramonlari Sergey Shcheglov () – bosh qahramon Rozi () – Shcheglovning yori Deniza () – yashirin tashkilot aʼzosi
Oʻzbekcha tarjimasi Romanni Mirziyod Mirzoidov oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Mirzoidov asarning 1961-yil Moskva shahrida „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida chop etilgan nashridan foydalangan. Oʻzbekcha tarjima 1965-yil Toshkent shahrida „Toshkent“ Badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan.
Manbalar
Turkum:Romanlar