Parpiyev Botir Rahmatovich — oʻzbekistonlik yurist va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi (2004-2018), bojxona qoʻmitasi raisi (2002-2004), favqulodda vaziyatlar vaziri (2002), general-leytenant.
Biografiyasi 1946-yil 23-dekabrda Andijon shahrida tugʻilgan.
Maʼlumoti — oliy, Andijon davlat universitetining yuridik fakutetini va Toshkent militsiya maktabini bitirgan.http://lex.uz/docs/2391972
1969-1969 — Andijon shahar 17-sonli qurilish trestining texnika xavfsizligi boʻyicha muhandisi.
1969-1970 — Harbiy xizmatda.
1970-1971 — Andijon shahar 162-sonli qurilish trestining uchastka mexanigi.
1971-1972 — Andijon shahar 102-sonli qurilish trestining uchastka mexanigi.
1972-1983 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori, bosh inspektori, xizmat boshligʻi oʻrinbosari, xizmat boshligʻi.
1983-1989 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
1989-1993 — Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
1993-1993 — Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi.
1993-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyatchilikni oldini olish bosh boshqarmasi boshligʻi.
1994-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.
2002-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.
2002-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi.
2004-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi.
2018-yil 12-maydan 2020-yil 19-fevralgacha — Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari Respublika kengashi raisining faxriylar masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
2009—2018 — Oʻzbekiston taekvondo federatsiyasi prezidenti.
2003-yilda General-leytenant unvoni berilgan.
2020—2022 — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oila masalalari vazirining oʻrinbosarihttps://m.kun.uz/news/2020/02/19/botir-parpiyev-vazir-orinbosariga-aylandi
2022-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oila masalalari vazirining maslahatchisi73 yashar sobiq soliqboshi Botir Parpiyev yangi lavozimga tayinlandi
1990—1994 — XII chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining deputati.
Oilasi Otasi — Parpiyev Rahmat Parpiyevich (marhum), general-mayor, 1970-yillarda Andijon viloyati IIB boshligʻi boʻlgan.
Akasi — Parpiyev Qudrat Rahmatovich (marhum), Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi boʻlgan.
Akasi — Parpiyev Bahodir Rahmatovich, polkovnik, ichki ishlar tizimida ishlagan. Ayni paytda nafaqada.
Ukasi — Parpiyev Qodir Rahmatovich, Andijon viloyati huquq-tartibot tizimida ishlagan. Nafaqada.
Jiyani — Parpiyev Anvar Qodirovich, Buxoro viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. 2018-yilda ishdan olinganhttps://m.kun.uz/news/2018/05/29/botir-parpievga-alokador-sahslar-isdan-olinmokda.
Jiyani — Parpiyev Shuhrat Bahodirovich, Andijon shahar IIB boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.
Oʻgʻli — Parpiyev Dilshod Botirovich, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqamasi boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.
Oʻgʻli — Parpiyev Bobur Botirovch, Orient Finans Bank aksiyadorihttps://m.kun.uz/news/2019/12/02/bobur-parpiyev-xorijiy-hamkorlar-bilan-fintex-instrumentlari-boyicha-muzokaralar-otkazyapmiz.
Oʻgʻli — Parpiyev Dilmurod Botirovich, Asaka tumani IIB boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda ishdan olingan.
Qizi — Toʻraqulova Dilfuza Botirovna.
Qudasi — Rustam Inoyatov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq raisi.
Qudasi — Mirobid Mahmudov, yirik tadbirkor.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:12-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar