Xonkandi, Stepanakert ()/() — Оzarbayjon Respublikasidagi shahar. 1991-yil 25 dekabrdan 26 dekabrgacha oʻtar kechasi Armaniston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan ishgʻol etilgan.

Maʼmuriy jihatdan Xonkandi shahar tobeligi doirasidagi shahr boʻlib, Xonkandi shahri va Кarkijahon shahar tipidagi poselkani oʻz ichiga oladi. Hududiy maydoni 8 km2-ni tashkil etadi. U poytaxt Bokudan 329 km uzoqlikda joylashgan. Ozarbayjon Respublikasi Davlat statistika komitetining 2012-yil 1 yanvaridagi rasmiy maʼlumotiga koʻra Xonkandi shahrida 53,3 nafar, Karkijahon poselkasida esa 2 ming nafar aholi yashaydi. Hozir armani qurolli kuchlarining ishgʻoli istidadir.

Shahar nomining qisqacha tarixi Sovet hokimiyati oʻrnatilgandan soʻng Оzarbayjon SSR Markaziy Ijroiya Komiteti 1923-yilning 7 iyulida „Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatining tashkil etilishi toʻgʻrisida“ dekret chiqardi. Ushbu dekretda Xonkandi viloyat markazi deb eʼlon etildi. Oradan bir oz vaqt oʻtgach, ushbu shahar Stepan Shaumyan nomi bilan "Stepanakert" deb nomlandi.

1991-yilda Оzarbayjon SSR Oliy Sovetining qarori bilan shaharning avvalgi „Xonkandi“ nomi qayta tiklandi.

Chegaradosh rayonlar Xonkandi shahri Shusha va Хoʻjali rayonlari oraligʻida joylashgan.

Tarixi thumb|240px|right|Еlizavetpol guberniyasining 1903-yilgi xaritasida Qorabogʻ hududi Xonkandi Ozarbayjonning boshqa aksar shaharlaridan nisbatan yosh ekanligi bilan farqlanadi. Arxiv hujjatlariga koʻra shahar XVIII asrning oxirlarida oʻsha davrdagi mustaqil Ozarbayjon davlatlaridan biri boʻlgan Qorabogʻ xonligi hukumdorlarining — xonlarning istirohati uchun yashash maskani sifatida tiklangan. Xonlar faoliyatiga juda qulay sharoit yaratish uchun ushbu maskan xonlikning poytaxti Panohododdan (hozirgi Shushadan) 10 kilometr uzoqlikda, nisbatan togʻ etagida barpo etilgan. Bu paytda uning xonlikdagi boshqa muhim shahar va qishloqlarga, Оgʻdom, Xoʻjali, Molibeklik, Karkijahon va boshqalarga yaqin boʻlishi hisobga olingan. Binobarin, ushbu yangi aholi mintaqasi kabi boshqa aholi mintaqalarida ham faqat yerli aholi — оzarbayjonliklar yashar edi. Dastlabki yillarda bu yashash maskani faqat xon oilasi yashagani bois xalq orasida u „Xonning kenti“ sifatida tanilgan. Qisqa bir muddatdan soʻng ushbu qasaba Xonkandi nomini olgan.

1805-yil 14 mayda Garabagh xonligi rus qirollari bilan birlashganda, Xankendi Qorabog xoni Mehdiqulu Xonning xotini Parikahon Beyga topshirildi.

Rossiya ishgʻoli davri 293px|thumb|1801-1813 chegaralarini belgilash bilan Kavkaz viloyati xaritasi Kavkaz harbiy okrugi, podpolkovnik Tomkievym bosh qarorgohida harbiy tarix fakulteti tuzilgan edi. Tbilisi 1901-yil. Qorabogʻ xonligini zoʻravonlik bilan Rossiyaga birlashtirgan 1813-yilgi Guliston bitimiga qadar Xonkandi faqat xon oilasi va unga yaqin boʻlgan kam sonli aʼyonlar yashagan kichik qasaba sifatida shakllangan. Qorabogʻning Rossiya tomonidan ishgʻol etishi, barcha viloyatlarda boʻlgani kabi, Xonkandining taqdiriga ham jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Avvalgi hayot tarzi barham topdi, Ozarbayjon jamiyatiga xos anʼanaviy sulolalarga boʻlinish taqiqlab qoʻyildi, hamma narsa imperiya manfaatlariga boʻysundirildi. Ayni paytda qadimda xonlik hududida tez-tez sodir boʻlib turadigan isyonlarning oldini olish uchun butun hudud boʻylab harbiy qismlar joylashtira boshlandi. Ana shunday qismlardan biri Xonkandiga joylashtirildi. Bu yerda harbiy qism uchun juda qulay edi. Bir tomondan chor hukumatiga tobe boʻlishni istamagan Shushani va shu atrofdagi Ozarbayjon maskanlarini nazoratda saqlab turish mumkin edi. Boshqa tomondan, Xonkandiga Erondan koʻchirib keltirilgan va rus harbiy bazalarida ularga xizmat etishi lozim boʻlgan armani oilalarini joylashtirish rejasi ham mavjud edi. Chor chinovniklariga, boshqa hududlarda boʻlmasa ham, Xonkandida etnik nisbatni muayyan darajada buzish imkoniyati paydo boʻldi. 1813-yilda Xonkandida hech qanday armani va rus oilasi yashamagan boʻlsa-da, 1847-yilda bu yerda 80 armani, 52 rus oilasi yashaydigan uy va armani cherkovi mavjud edi. Rossiya ishgʻolidan soʻng oradan koʻp oʻtmay bu yerga chor armiyasi hamda Kavkaz Otliq diviziyasining qarorgohi va kazarmalari joylashtirildi. Armanilar va rus zobitlarining yashash maskanlari „qarorgoh“ deb atalsa-da, 1847-yildagi chor Rossiyasi xaritalariga ushbu qasaba rasmiy ravishda Xonkandi nomi bilan tushgan. Chor ishgʻolidan keyin kattalashib qolgan Xonkandi shahriga bir qoida sifatida Erondan koʻchirib keltirilgan armanilar joylashtirildi, ular eʼtibor qozonganliklari uchun ham chor armiyasining harbiy qismlarida va davlat idoralarida ish bilan taʼmin etildilar. 1900-yilda Xonkandida endilikda 3 ming aholi yashar, hatto boshlangʻich maktab ham faoliyat koʻrsatardi. Shaharda Sujeno-Vladikavkaz Tersk kazak qoʻshinlari posti joylashtirildi. Maʼlum maqsadda olib borilgan etnik siyosat natijasida oʻtgan asrning boshlarida Xonkandida armani va rus aholisining miqdori ancha koʻpayib qoldi. Biroq shu bilan birgalikda shaharda anchagina xon avlodi vakillari, ozarbayjon ziyolilari, musiqachilar va sanʼatkorlar yashar edilar. Maʼlum maqsadda olib borilgan izolyatsiya siyosatiga qaramay, ular Xonkandida jiddiy soʻz sohiblari edilar va hokimiyat ular bilan hisoblashishga majbur edi.

Jumhuriyatning keyingi ahvoli 1917-yilda Rossiya imperiyasida sodir boʻlgan Оktabr inqilobidan keyin Janubiy Kavkazda roʻy bergan murakkab jarayonlar Xonkandini ham chetab oʻtmadi. XIX asrda tarixan Ozarbayjon davlati boʻlgan Iravon xonligi tuproqlarida joylashtirilgan armanilar bu yerda Armaniston davlatini eʼlon etdilar. Bu bilan ham kifoyatlanmagan armani millatchilari Ozarbayjonning Naxchivon, Zangazur, Togʻli Qorabogʻ, umuman butun Ozarbayjon tuproqlariga iddao eta boshladilar. Shu maqsadda armani harbiy birlashmalari ushbu hududdagi ozarbayjonliklar yashaydigan shahar va qishloqlarga hujum qilar, tinch aholini qatliom etardilar. Bоku, Shomoxi, Koʻkchoy, Zangazur qirgʻinlariga oid arxiv hujjatlari hozir ham mavjud. Ushbu davrdagi qonli qarama-qarshiliklar ayni paytda Ozarbayjonning Togʻli Qorabogʻ hududida, shu jumladan Xonkandida ham sodir boʻldi. Armani millatchilari bir paytlar oʻzlari xizmat qilgan, Xonkandida joylashgan chor armiyasi harbiy qismining imkoniyatlaridan ham keng foydalandilar. Keyinroq, 1992-yil 26 fevralda ular ushbu usulni takrorlagan holda, Sepanakertda joylashgan va tugatilgan Sovet Armiyasining 366-polkidan foydalangan holda Xoʻjali ommaviy qirgʻinini amalga oshirdilar. 1918-1920-yillarda mustaqil Оzarbayjon Jumhuriyati hukumati olib borgan siyosat va Ozarbayjon Armiyasining qatʼiyati natijasida armani millatchilarining Togʻli Qorabogʻ va Xonkandi iddaolarini bartaraf etish mumkin boʻldi.

SSSR davri Ozarbayjon Sovet imperiyasi tomonidan ishgʻol etilgandan keyin oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish natijalariga koʻra 1921-yilda Xonkandi qasabasida 85 xoʻjalikda 398 nafar ozarbayjonlik, 226 xoʻjalikda 981 nafar armani yashar edi. Sovet hokimiyati yillarida armani millatchi doiralarining Ozarbayjon tuproqlariga iddaolari Lenin, Stalin va Orjonikidzelarning qoʻllab-quvvatlashi bilan yangicha tus ola boshladi. 1920-yilda Ozarbayjon Kommunistik Partiyasi MKning birinchi kotibi Anostas Mikoyan va 1921-1925-yillarda ushbu lavozimni egallab turgan armaniparast bulgʻor Sergey Kirovlar olib borgan siyosat ham ushbu jarayonga rivoj berdi. Ushbu siyosat natijasida 1923-yilning 4 iyulida Rossiya Kommunistik Partiyasi Markaziy Komiteti Zakavkazye byurosining majlisida Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻ oʻlkasining taqdiri masalasi muhokama etildi.

Ozarbayjon tuproqlarining taqdirini bunga istisnosiz huquqi boʻlgan Ozarbayjon xalqi emas, yuqoridagi siyosiy tashkilot byurosining 9 nafar aʼzosi hal etishga kirishdi. Ularning esa 3 nafari armani, 3 nafari gruzin, 1 nafari bu oʻlkaga tamoman begona boʻlgan bulgʻor, faqat bit nafari — Narimon Narimonovgina ozarbayjonlik edi. Ushbu koʻpchilik esa mazkur majlisda barcha qonunlar va haqiqiy ahvolni bir chekkaga surib qoʻyib, Togʻli Qorabogʻni Armanistonga berish qaroriga keldi. Biroq N.Narimonovning Moskvaga bildirgan qatʼiy eʼtirozi natijasida bir kun keyin byuro oʻzining avvalgi qarorini bekor qilib, oʻlkaga muxtoriyat berish orqali uni Ozarbayjon tarkibidan saqlab qolish qarorini chiqarishga majbur boʻldi. Aftidan, Lenin, Stalin endilikda Iravon, Zangazur va Koʻkchoy qoʻlidan ketgan Ozarbayjon Qorabogʻni ham boy bergach, keskin vaziyat vujudga kelishini hisobga olgan koʻrinadilar. Ozarbayjonning oʻsha paytdagi rahbarlari chetdan kelganlar — 1921-yilda A.Mikoyan, 1921-25 yillarda esa S.Kirovlardan iborat boʻlganligi ham mazkur respublikaning ikkinchi Armaniston sifatida qabul qilinishi uchun sharoit yaratar edi. Shunday qilib, RKP MK Zakavkaye byurosi Togʻli Qoraboqqa markazi Shusha shahri boʻlgan Ozarbayjon tarkibidagi muxtoriyat maqomini berish haqida qaror qabul qildi. Biroq oʻsha paytda Ozarbayjonning rahbari boʻlib turgan armaniparast Sergey Kirov va uning atrofidagilar sof ozarbayjonliklar shahri boʻlgan Shushada armani muxtoriyatini oʻrnatish mushkul boʻlishini idrok etardilar. Shuni nazarda tutmoq kerakki, Zakavkazye byurosining yuqorida taʼkidlab oʻtilgan har ikkala majlisida ham Ozarbayjon rahbari S.Kirov Togʻli Qorabogʻning Armanistonga berilishi variantini himoya qilib chiqqan edi. 1923-yil 7 iyulda Ozarbayjon Markaziy Ijroiya Komiteti Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Viloyatni armanilashtirish maqsadida, byuro qaroriga zid oʻlaroq, aholisining yarmiga qadari armani boʻlgan Xonkandi viloyat markazi qilib tanlandi.